Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Rio-2016. 20 avgust. O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi musobaqalar taqvimi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 624
Rio-2016. 20 avgust. O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi musobaqalar taqvimi

Braziliyada o‘tayotgan olimpiya o‘yinlari yakuniga etib bormoqda. Yana ikki kunlik musobaqalardan keyin Rio-2016ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bugungi bahslar natijasida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobi medal(lar) bilan boyiydi. Bunga shubha yo‘q.

Kanoeda eshkak eshish. Erkaklar, ikkilik, 1000 metr, final
Gerasim Kochnev va Serik Mirbekovdan iborat juftlik bugun final bahsida ishtirok etadi. Boshlanish vaqti — 17:22.

Badiiy gimnastika, jamoaviy bahslar
Samira Amirova, Valeriya Davidova, Luiza Ganieva, Zarina Qurbonova va Marta Rostoburova — o‘zbekistonlik qizlar badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy bahslarda ishtirok etishadi. Jamoamiz finalga chiqishi uchun saralash bosqichida 14ta mamlakat orasida kuchli sakkizlikka kirishi lozim. Bahslar 18:00da boshlanadi va 4ta yo‘nalish bo‘yicha kuni bo‘yi o‘tkaziladi.
Taekvondo, erkaklar, +80 kg.
Dmitriy Shokin eng og‘ir vazn toifasida bugun o‘z bahslarini o‘tkazadi. U dastlabki bosqichda xitoylik Sen Chiaoga qarshi dayanga chiqadi. Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz ushbu vaznda eng yuqori reytingga ega. Shokinning ilk jangi 18:45ga belgilangan.

Boks, 75 kg. final
Mahoratli bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev bugun oltin medalSh uchun ringga ko‘tariladi. Uning raqibi — amaldagi jahon chempioni, kubalik Arlen Lopes. Boshlanish vaqti — 23:00. Finalga chiqqan qolgan ikki bokschimiz o‘z janglarini ertaga o‘tkazishadi.

Engil atletika, balandlikka sakrash, final
Balandlikka sakrash yo‘nalishida Svetlana Radzivil final yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Hal qiluvchi bahslarda 17 nafar sportchi medallar uchun kurash olib borishadi. Boshlanish vaqti — 04:30.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar