Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Nuriddinov Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan ilk O‘zbekiston sportchisiga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 335
Nuriddinov Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan ilk O‘zbekiston sportchisiga aylandi

1news.uz — XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari og‘ir atletika bahslari nihoyasiga etdi. Ushbu musobaqa nafaqat og‘ir atletikamiz, balki o‘zbek sporti tarixida ham yangi sahifa ochdi. Bundan roppa-rosa ikki yil oldin Almatida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida mustaqil O‘zbekiston sportchilari tomonidan o‘rnatilgan ilk jahon rekordi muallifi bo‘lgan pahlavonimiz Ruslan Nuriddinov, mana endi Olimpiada o‘yinlarida ilk rekord ko‘rsatkichni qayd etgan sportchi sifatida tarixga kirdi. Ruslan Nuriddinov 2013 yil og‘ir atletika bo‘yicha yurtimizdan chiqqan dastlabki jahon chempioni deb e’lon qilingandi. Rio-de-Janeyroda esa bu o‘zbek polvoni endi Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan ilk O‘zbekiston sportchisiga aylandi.

Nuriddinov Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan ilk O‘zbekiston sportchisiga aylandi

Men jamoamiz Rioga jo‘nashi oldidan O‘zbekiston OAF birinchi vitse-prezidenti Shahrillo Mahmudov bilan o‘zaro suhbat jarayonida imkoniyatlarimiz haqida so‘ragandim. O‘shanda Shahrillo aka og‘ir atletikachilarimizning natijalariga bevosita mas’ul insonlardan biri ekanligini his qilgan holda, terma jamoamizda bir necha yildan buyon faoliyat olib borayotgan xorijlik maslahatchi murabbiy bilan birgalikda Olimpiadada qanday vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligini chamalab, taktik kurashning bir necha xil variantdagi usullarini ishlab chiqishganliklarini aytib o‘tgandilar. Boshqacha qilib aytganda, jamoamiz kurashning turli ko‘rinishlariga, Ruslan esa har qanday raqibga qarshi bahs olib borishga tayyor bo‘lishgan. Olimpiadada qatnashgan 5 nafar sportchimizga dastlabki vazifa sifatida, qanday qilib bo‘lmasin, juda hayajonli va qiyin bo‘lgan dastlabki dovondan, ya’ni har ikkala mashqda birinchi urinishdan unumli foydalanish qo‘yilgan. Bu borada hech bir sportchimiz qoqilmaganligi, ilk buyurtmalar juda to‘g‘ri tanlanganligi supachada yaqqol ko‘rindi. Va aynan shu jihat atletlarimizning Olimpiada o‘yinlaridek eng yirik va nufuzli musobaqada, bemalol aytishimiz mumkin, muvaffaqiyatli qatnashishlarini, o‘ta mas’uliyatli va hayajonli sinovdan munosib o‘tib olishlarini ta’minladi.

105 kg vazn toifasida o‘zbek og‘ir atletikasi muxlislari juda uzoq kutilgan quvonchli lahzalarga guvoh bo‘lishdi. Ushbu guruhda bir yo‘la ikki vakilimiz medallarga da’vogarlar safini to‘ldirishgandi – Ruslan Nuriddinov va Ivan Efremov. Bu ikki sportchimiz to‘rt yil muqaddam London Olimpiadasida qatnashgan va mos ravishda 4-5-o‘rinlarni egallagandilar. Ular medallar uchun harakat qilishlari turgan gap edi. Ruslanning Olimpiada oltin medaliga asosiy da’vogar ekanligi musobaqa oldidan xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan ham bir necha bor e’tirof etildi. Uning o‘zi, murabbiylarimiz ham avvalgi o‘yinlarda so‘nggi soniyalarda, juda achinarli tarzda boy berilgan medal tufayli faqat sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganliklari ham bor gap. Shu bilan birga Olimpiada g‘olibi degan sharafli nom hech kimga shunchaki berib qo‘yilmasligini ham barcha yaxshi biladi. 105 kg vazn toifasida g‘oliblik uchun kechgan kurashni butun dunyo ko‘rdi, kuzatib bordi. To‘g‘ri, yakunda Ruslan kumush medal sohibini 14 kg ortda qoldirib ketdi, lekin bu fakt hecham g‘alabaga osonlik bilan erishilganligini ko‘rsatmaydi. Boz ustiga, dast ko‘tarishdan so‘ng 194 kg qayd etgan ikki vakilimizdan keyin uchinchi o‘rinni egallagan qozog‘istonlik Zaychikov 193 kgni zabt etgan, yana ikki sportchi – Xitoy va Armaniston atletlari ulardan atigi 3 kg ortda borishayotgandi. Eron va PolShsha vakillari – Ruslanning azaliy raqiblari ham peshqadamlarni izma-iz ta’qib qilib borishardi. Mana shunday murakkab vaziyatda mashg‘ulotlar zalida sportchilarimizga ko‘rsatma berib turgan murabbiylarimiz shtabi qabul qilgan qarorlar oxir-oqibat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu safar Shahrillo Mahmudovning o‘zi terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Abdumalikov va yordamchi murabbiy Bahrom Mendiboevlarga rahbarlik qilganligi ham o‘z samarasini berdi. Mutaxassislarimiz tomonidan o‘ta hushyorlik va mahorat bilan tizilgan taktik kurash chizmasi o‘zini to‘liq oqladi. Dast ko‘tarishda ikki o‘zbek sportchisi peshqadamlikni o‘z qo‘llariga olgach, siltab ko‘tarishda, tabiiyki raqiblarimiz bizga qarab ishlashga majbur bo‘lishdi. Ochiqroq aytadigan bo‘lsak, birinchi mashqda katta mehnat tufayli erishilgan ustunlik tufayli, ikkinchi mashq davomida murabbiylarimiz boshqa davlatlardan kelgan hamkasblariga o‘z hukmlarini to‘liq o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Eng jiddiy raqiblardan biri, London Olimpiadasi sovrindori, polyak Bartolomey Bonkning murosasiz kurashga dosh bera olmaganligi ham, Eron vakili Muhammadrizo Baroriyning ikkinchi urinishdayoq esankirab qolganligi ham, PolShsha sharafini himoya qilgan boshqa bir polvon Arkadius Mixalski va Latviya jamoasi a’zosi Arturs Pleshniekslarning ketma-ket befoyda harakatlari ham, uchinchi o‘rindan past natijani muvaffaqiyatsizlik deb hisoblaydigan Xitoy murabbiylari ishongani Yang Jining taqdirga tan berganligi ham, aslida murabbiylarimizning juda aqlli taktika qo‘llaganliklari bilan bog‘liq. Ruslan siltab ko‘tarishni eng oxiri, katta ishonch va sovuqqonlik bilan, 225 kgdan boshladi. Aynan shu harakati bilan etakchi sportchimiz raqiblarini ancha esankiratib qo‘ydi, medallarga da’vogar bo‘lgan, yuqorida nomlari tilga olingan kuchli atletlarni ruhiy muvozanatdan chiqarib yubordi. Raqiblar o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmaganliklari esa boshqa hamyurtimiz Ivan Efremovning yakuniy jadvalda, kutganimizdan yaxshiroq – 5-o‘ringa ko‘tarilishini ham ta’minlab berdi.

Nuriddinov ikkinchi urinishda ham katta qiyinchiliksiz 230 kgni zabt etdi. Ana shu harakat oltin medal sari qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi, chunki bu paytga kelib maydonda 2 ta raqib qolgandi – Baroriy va Armen Martirosyan. Ularda ham xuddi Ruslan singari bittadan urinish qolgan. Eron vakili Ruslan bilan kurashishga kuchi etmasligini sezdi chog‘i (dast ko‘tarishda Nuriddinovdan 8 kg orqada edi), hech bo‘lmasa bronza olay deb, 231 kg buyurdi, ammo maqsadiga erisha olmadi. Shundan keyin arman yigit sportchimizga etib olishga harakat qilib ko‘rdi. Birinchi mashqda u Ruslanga nisbatan 4 km kam ko‘targan, agar 234 kgni zabt etsa, ko‘rsatkichlar tenglashib, shaxsiy vazni biroz engil bo‘lganligi sababli oldinga o‘tib olishi mumkin bo‘lardi. Biroq Simon so‘nggi urinishdan foydalana olmadi va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Andijon viloyati Xonobod shahrida tug‘ilib o‘sgan Ruslan Nuriddinov muddatidan oldin Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. Shundan keyin murabbiylarimiz yana bir to‘g‘ri qaror qabul qilishdi. 105 kg vazn toifasi uchun jahon rekordi 246 kg, Olimpiada rekordi 236 kg. Ruslanda esa birgina imkoniyat bor. Shu bois tavakkal qilmasdan, murabbiylarimiz Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilash uchun buyurtma berishdi. O‘z navbatida g‘alabadan ruhlangan pahlavonimiz 237 kg og‘irlikdagi toshni ham ko‘tardi va Belarus sportchisi Andrey Aramnov tomonidan 2008 yil o‘rnatilgan Olimpiada rekordini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa ikkinchi mashq bo‘yicha berilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalangan Ruslan Nuriddinov ikkinchi o‘rin egasidan oz emas, ko‘p emas 14 kg o‘zib ketdi. Shu o‘rinda, adolat yuzasidan yana bir ma’lumotga urg‘u berib o‘tish joiz. Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritgan Armaniston terma jamoasi a’zosi Simon Martirosyan 1997 yilda tug‘ilgan, atigi 19 yoshda. Jahonning eng kuchli atletlaridan biri o‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinov bilan munosib kurash olib borish, amaldagi jahon chempioni, Rio o‘yinlarida bronza medal bilan taqdirlangan qozog‘istonlik Aleksandr Zaychikovni ortda qoldirish yosh Simon uchun ajoyib natija. Demak, Ruslanning kuchli raqiblari soni yana bittaga ortganligi haqiqat.

Nuriddinov Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan ilk O‘zbekiston sportchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ivan Efremov ushbu Olimpiya o‘yinlarida 5-o‘rinni egalladi. Aslida, ketma-ket ikkita Olimpiadada kuchli beshlikka kirishning o‘zi uncha-muncha sportchi faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan natija. Boshqa tomondan qaraganda, Vanya ikkikurash natijasiga ko‘ra 412 kg (194+220) jamg‘arib, shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan Zaychikovga bor-yo‘g‘i 2 kg, 4-o‘rinni egallagan Xitoy vakili Yang Jiga 1 kg yutqazib qo‘ydi. O‘z-o‘zidan haqli savol tug‘iladi: Efremovda, hech bo‘lmasa bronzaga ilinish imkoni bormidi? Vaziyatni tahlil qilishga urinamiz.

Dast ko‘tarishda har ikki sportchimiz eng yuqori – 194 kg natija qayd etishdi. Efremovning nomi shaxsiy vazni engilroq bo‘lganligi uchun birinchi o‘ringa yozildi. Vakillarimiz ko‘rsatkichi uchinchi qatordagi Zaychikovnikidan 1 kg ko‘p edi. 4-5-o‘rinlardagi atletlardan 4 kg oldinda edik. Shu farqni saqlab qolish mumkinmidi? Bu savolga mutlaqo «ha yoki yo‘q» deb javob berib bo‘lmaydi, albatta. Bu – sport. Ammo atletlarning imkoniyatlarini avvalgi musobaqalarda qayd etgan natijalari, qolaversa berilgan dastlabki buyurtmalarga qarab baholash ham mumkin. Shu ma’noda Efremovning medalga da’vogarlik qilishi juda mushkul ekanligi oldindan ma’lum edi, desak haqiqatga ancha yaqin bo‘ladi, chunki Vanyaning sevimli mashqi dast ko‘tarish, siltab ko‘tarishda uning xalqaro maydondagi eng yuqori ko‘rsatkichi 221 kg. So‘nggi jahon chempionatida ham Efremov birinchi mashqda oltin medalga sazovor bo‘ldi, ikkinchi mashqda esa kuchli sakkizlikka ham kira olmagan. Rioda u 220 kg siltab ko‘tardi. Shaxsiy rekordini deyarli takrorladi. Juda yaxshi natija. Buning ustiga asosiy raqiblarning nazariy imkoniyatlari anchagina yuqori ekanligini ham yoddan chiqarmaslik lozim edi. Xullas, sportchimiz siltab ko‘tarishni 9 sportchi orasida birinchi bo‘lib boshladi va yakunda 5-o‘rinni band etdi. Shu faktning o‘ziyoq, murabbiylarimiz Efremov uchun ham juda to‘g‘ri taktika tanlaganliklaridan dalolat. Oxirgi urinishga 220 kg buyurilganligi va sportchimiz vazifani bajarganligi ham fikrimizni isbotlaydi. Agar so‘nggi imkoniyatda bronza medal uchun etarli bo‘lgan (qanday natija bilan medalga ilinish mumkinligi haqidagi mulohazalar faqat yakuniy jadval hosil bo‘lgandan keyin o‘rinli bo‘ladi, oldindan buni hech bir murabbiy bashorat qila olmaydi!) 223 kg buyurtma qilinganda nima bo‘lardi? Endi kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan Martirosyan va Zaychikovlarning murabbiylari nuqtai nazaridan kelib chiqib vaziyatni baholashga harakat qilib ko‘raylik. Armaniston vakili siltab ko‘tarishni 220 kg, Qozog‘iston sportchisi esa 223 kg bilan boshladi. Efremov esa 220 kg bilan tugatdi. Agar murabbiylarimiz Vanya uchun so‘nggi urinishda 223 kg buyurtma qilishganida va polvonimiz bu og‘irlikni zabt etganida Zaychikovning murabbiylari shu natijaga qarab harakat qilgan bo‘lishardi. Ya’ni Aleksandr dast ko‘tarishda Vanyadan atigi 1 kg ortda qolgan, siltab ko‘tarishda shu farqni yo‘qqa chiqarsa bo‘ldi, chunki shaxsiy vaznga ko‘ra ustunlik raqibimiz tomonda edi. Simonga etib olish esa yanada qiyinroq biz uchun. Xullas, har ikkala raqibda Efremovning yakuniy natijasidan kelib chiqib harakat qilish imkoniyati bor edi. Qolaversa, sportchimizning sovrindorlarga shu darajada yaqinlashib borishining o‘zi ham, aslida murabbiylarimiz tomonidan mukammal taktik kurash yo‘lga qo‘yilganligi mahsulidir. Eng muhimi O‘zbekiston farzandlari – Olimpiada g‘olibi va rekordchisi Ruslan Nuriddinov hamda ikki bor Olimpiya o‘yinlarida faxrli 5-o‘rinni egallagan Ivan Efremovlar bilan o‘zbek sporti har qancha g‘ururlansa arziydi,bizningcha!

Nuriddinov Olimp shohsupasiga ko‘tarilgan ilk O‘zbekiston sportchisiga aylandi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar