Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Rio-2016. Olimpiyachilarimizning kechagi natijalari (to‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 626
Rio-2016. Olimpiyachilarimizning kechagi natijalari (to‘liq sharh)

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari muxlisu-mutaxassislarni xayratini oshirishda davom etishyapti. Bugun yana ikki nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga ko‘tarildilar va har ikki yurtdoshimiz ham navbatdagi janglarni o‘z foydalariga hal qilib, finalga chiqdilar.
Jumladan, og‘irlik vazni 52 kg.gacha bo‘lgan sportchilar bahsida zafarli odimlab kelayotgan Shahobiddin Zoirov yarim finalda Venesuela vakili Finol ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 64 kg. vaznda Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin G‘oipnazarov rossiyalik Vitaliy Dunaytsevdan 2:1 hisobida ustun keldi.
Demak, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarida bahslarga kirishgan o‘n nafar charm qo‘lqop ustalarimizdan besh nafari finalga chiqdilar. Ayni paytga kelib, final bahsiga etib kelgan sportchilarimizdan Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shahram Giyasov kumush medalSh sovrindori bo‘ldi. 20 va 21 avgust kunlari o‘tkaziladigan final bahslarida yana uch nafar bokschimiz Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oipnazarov va Bektemir Meliqo‘ziev Olimpiya o‘yinlarining oltin medallari uchun ringga chiqadilar.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov va Shahram Giyasovdan tashqari, Murodjon Ahmadaliev hamda Rustam To‘laganovlar bronza medali sohibi bo‘ldilar.
Bugun, shuningdek, erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritishga juda yaqin keldi. Afsuski, uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda hamyurtimiz ozarboyjonlik Jabroil Hasanov qarshiligini enga olmadi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha shaxsiy hisobdagi saralash bahslarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Anastasiya Serdyukova obruchda bajarilgan mashqda 17.166, to‘p bilan bajariladigan mashqda 17.100, bulavada 17.316 va nihoyat tasma bilan bajariladigan mashqda 16.908, jami esa 68.490 ball jamg‘arib, 26 nafar sportchi orasida 17-o‘rinni egalladi.
Bugun, shuningdek, ikki nafar taekvondochilarimiz bahslarda ishtirok etdilar. Xotin-qizlar o‘rtasida 67 kg. vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Nigora Tursunqulova dastlabki bosqichda shvetsiyalik sportchini mag‘lub etib, ikkinchi davrada ozarbayjonlik Farida Azizovaga imkoniyatni boy berdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Nigora Tursunqulova taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarda eng yosh ishtirokchi ekanligiga qaramay, o‘zining shiddatli janglari bilan muxlisu-mutaxassislarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Taekvondo musobaqalarida doyanga chiqqan ikkinchi sportchimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) birinchi davrada Tunis terma jamoasi a’zosiga qo‘shimcha vaqtda imkoniyatni boy berdi.
Olimpiya o‘yinlarining 14 kun musobaqalari yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medali mavjud. Hamyurtlarimizga navbatdagi kungi bahslarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.
Shavkat Jalilov Anvar IlShyasov Rio-de-Janeyro shahridan tayyorlandi Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar