Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

“Nasaf” o‘z maydonida “Paxtakor”ni taslim etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98
“Nasaf” o‘z maydonida “Paxtakor”ni taslim etdi

Bugun oliy liga 19-tur doirasida “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida “Paxtakor” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan maydonda kurash keskin tus oldi. Jamoamizning uyushtirgan ketma-ket hujumlari samara bermadi. “Paxtakor” jamoasi himoyada yaxshi o‘yin namoyish etdi.

O‘yinning 10-daqiqasida jamoamiz jarima to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. G‘anievning to‘g‘ri darvozaga yo‘llagan zarbasini Lobanov qaytarishga erishdi. Davomli hujumda Rashidxonov boshi bilan darvozaga zarba yo‘lladi, bu zarbani ham Lobanov qaytarishga erishdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Saydullo Rahmatov jarima maydonida Jaloliddin Masharipovni yiqitdi va hakam jamoamiz darvozasiga 11 metrlik jarima to‘pi tepishni ko‘rsatdi. 11 metrlik jarima to‘pini Jamshid Iskandarov bexato amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

39-daqiqadan “Paxtakor” jamoasi maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Javohir Sohibov ikkinch marta ogohlantirildi va maydondan chetlatildi. Bundan avval 37-daqiqada ham u hakam tomonidan ogohlantirish olgan edi.

Birinchi bo‘lim hisobda “Paxtakor” jamoasining ustunligida yakun topdi.

Ikkinchi bo‘limni jamoamiz katta ishtiyoq bilan boshladi. Dastlabki tashkil etilgan hujumdan keyin futbolchilarimiz burchak to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. 47-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni IgorSh Golban boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi va oradagi hisobni tenglashtirdi -1:1.

Hisob tenglashgach futbolchilarimizda g‘alabaga bo‘lgan ishonch yanada ortdi va maydondagi ustunlikni to‘liq qo‘llariga olishdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratildi, ammo bu vaziyatlarda darvozani nishonga oladigan futbolchi bo‘lmadi. “Paxtakor” jamoasi esa butun jamoa bo‘lib himoyalanishga majbur bo‘ldi. Ular ham imkon bo‘lganda qarshi hujumlar tashkil etishdi, ammo bu hujumlar himoyachilarimiz tomonidan rivojlantirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

O‘yin shunday davom etayotgan paytda, ya’ni uchrashuvning 76-daqiqasida jamoamiz hisobda oldinga o‘tib oldi. Bugungi uchrashuvda juda faol harakat qilgan Farruh Sayfiev tezkorlik bilan raqib jarima maydoniga kirib bordi va darvozaga zarba berdi, to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Qaytgan to‘pni Dragan Cheran sovuqqonlik bilan darvozaga aniq yo‘llab, uchrashuvdagi gol muallifiga aylandi – 2:1.

Albatta bu goldan so‘ng mehmonlar ham hisobni tenglashtirish uchun ancha ter to‘kishdi, ammo ularning harakatlari samara bermadi. O‘yinning qolgan daqiqalarida o‘yin tizgini butunlay jamoamiz qo‘lida bo‘ldi.

Shunday qilib, har ikkala jamoa uchun qiyin kechgan uchrashuvda jamoamiz g‘alaba qozondi va muhim uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Shuni ta’kidlash kerakki, jamoamiz keyingi o‘yinlarda o‘zining xarakteri va irodasini namoyish etib, g‘alabalarini nishonlamoqda. Albatta yigitlarimizning bunday harakatlari tahsinga sazovordir. Barchaga g‘alaba muborak!

Jamoamiz o‘z maydonidagi navbatdagi uchrashuvni O‘zbekiston kubogi yarim finali doirasida “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 22 avgust dushanba kuni bo‘ladi.

O‘zPFL 19-tur. 19.08.2016.

“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 2:1 (0:1). 7898 tomoshabin

“Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlar: Andrey Snetkov (Tokent vil.), Vladlen Lushin (Guliston)

Zaxira hakami: Axrol Risqullaev (Toshkent)

Nazoratchi: Sardor Nadjafaliev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: R. M. Chernikov.

Gol: IgorSh Golban, 47’-1:1, Dragan Cheran, 76’-2:1 - Jamshid Iskandarov (pen.), 23’-0:1

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 7.Shuhrat Muhammadiev, 22.IgorSh Golban, 23.Sherzod A’zamov (s), 31.Saydullo Rahmatov (45.Bobir Abduxoliqov. 71), 6.Azziz G‘aniev, 28.Fozil Musaev, 24.Ognen Krasich (21.Azamat Allaniyozov 42), 27.Islom Rashidxonov (14.Sharof Muhitdinov 59), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan Cheran.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.IlShdar mamatkazin, 18.Bahrom Abdurahimov, 38.Doniyor Narzullaev.

“Paxtakor”: 16.Aleksandr Lobanov, 4.Adnan Oroxovats, 5.Akbar Ismatullaev, 8.Sherzod Karimov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Jamshid Iskandarov, 14.Jamshid Boltaboev (51.Andrey Sidorov 77), 15.Javoxir Soxibov, 21.Kamoliddin Tojiev, 28.Stanislav Andreev, 55.Jasurbek Hakimov (6.Abbos Otaxonov 46).

Zaxira: 50.Umidjon Hamroev, 17.Akobir To‘raev, 31.Jamshid Yusupov, 44.Grigoriy Axmedov, 48.Timur Tolipov.

Ogohlantirish: Aziz G‘aniev 68, Sharof Muhitdinov 75 - Javohir Sohibov 37, Adnan Oroxovats 76, Kamoliddin Tojiev 82.

Chetlatish: Javohir Sohibov (2SK) 39.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar