Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Rio—2016 boks kechalari finalida eng ko‘p O‘zbekiston sportchilari ishtirok etgani tarixda qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 272
Rio—2016 boks kechalari finalida eng ko‘p O‘zbekiston sportchilari ishtirok etgani tarixda qoldi

Olimpiadaning erkaklar o‘rtasidagi boks musobaqasida 10 ta vazn toifasi bo‘lib, O‘zbekiston delegatsiyasi ularning har birida o‘z sportchisi bilan ishtirok etdi.

10 nafar o‘zbekistonlik bokschining teng yarmi yakunda finalga qadar etib bordi: Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Fazliddin G‘oibnazarov (-64 kg), Shahram G‘iyosov (-69 kg) va Bektemir Meliqo‘ziev (-75 kg).

Bu Rio—2016 Olimpiadasining boks turnirida ishtirok etgan mamlakatlar ichida eng yaxshi ko‘rsatkichdir. 10 ta vazn toifasidan faqatgina 1 tasida — 91 kilogrammdan yuqori bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada finalchilar nomi aniqlanmadi. Yarim finalga Frantsiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniya va Qozog‘iston sportchilari yo‘l olgan. Ulardan istalgan biri final chiptasini qo‘lga kiritganida ham O‘zbekiston terma jamoasidan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd eta olmaydi.

Qozog‘iston terma jamoasi bokschilarning finalda ishtirok etishi borasida O‘zbekistondan keyingi o‘rinni egalladi. Mamlakatning 3 nafar a’zosi finalga yo‘l olgan bo‘lsa, yana 1 nafari shu yo‘lda jang qiladi.

Boks maktabi eng ilg‘orlaridan biri sifatida e’tirof etiladigan Kubada ham finalchilar soni 3 nafarni tashkil qildi. Rossiyaning ikki nafar bokschisi finalda jang o‘tkazib ulgurdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar