Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Braziliya “Rio-2016”ni o‘tkazishga tayyor emasdi. XOQ esa bunga ko‘z yumdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111
Braziliya “Rio-2016”ni o‘tkazishga tayyor emasdi. XOQ esa bunga ko‘z yumdi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiada ortida bo‘layotgan voqealar mamlakatning keng ko‘lamli xalqaro musobaqaga tayyor emasligini ko‘rsatnoqda. Olimpiada mezbon davlatdagi asl vaziyatni ko‘rsatib beruvchi ko‘zgu sifatida xizmat qiladi.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 5 avgust kuni boshlangan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari yaqin kunlarda, ya’ni 21 avgust kuni o‘z nihoyasiga etadi. Mazkur musobaqaning o‘tkazilishi uchun Braziliya hukumati 12 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarfladi.
Har bir Olimpiada musobaqasida g‘alati, ta’bni xira qiladigan voqealar bo‘lib turadi. Lekin Rio-de-Jeneyrodagi Olimpiada hammasidan o‘tib tushdi. Basseyndagi yashil suv, Olimpiada shaharchasi binolaridagi yomon sharoitlar, ko‘chalarda sayyohlarning mahalliy aholi tomonidan tunab ketilishi – bularning barchasi Braziliyadagi ahvolning real tomonlarini ko‘rsatib berdi. Biz bu erda Olimpiada tufayli mazkur mamlakatning asl qiyofasi fosh bo‘ldi, degan fikrni o‘rtaga tashlashdan yiroqmiz. Aslida, gap bu davlatda sayyohlar va millonlab mamlakat aholisi doimiy ravishda duch keladigan achchiq haqiqat haqida ketmoqda.
Olimpiada shunday bir musobaqaki, unda tashkilotchi davlatning hayot tarzidagi barcha tomonlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Sportchilar, ko‘ngillilar va hattoki, boshqa davlatdan kelgan vazirlar to‘qnash kelgan Braziliyaning asl qiyofasi biz o‘ylaganchalik karnaval kabi rang-barang emas ekan. Olimpiada Braziliyadagi hayot uchun ko‘zgu vazifasini bajardi.
Hamma narsani o‘g‘irlashmoqda
Musobaqa boshlanishidanoq o‘g‘rilikka start berildi. Olimpiadaning ochilish marosimi paytida rossiyalik sportchilar to‘planib, o‘yin natijalarini muhokama qiladigan “Rus uyi”ga jinoyatchilar o‘g‘rilikka tushishdi va o‘zlari bilan uchta kompShyuter hamda videokamerani olib ketishdi. Ularni na politsiya, na kuzatuv kameralari to‘xtatib qoldi.
Bezorilarning navbatdagi nishoni rossiyalik sportchi Evgeniy Korotishkin bo‘ldi. U 2012 yilda o‘tkazilgan London Olimpiadasida suzish bo‘yicha kumush medalSh sovrindori sanaladi. Vatandoshlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Rioga kelgan sobiq sportchi ikki qurollangan qaroqchi tomonidan tunab ketildi. Bezorilar uning cho‘ntagini ship-shiydon qilib ketishdi.
Albatta, jinoyatchilarning nishoni faqat rossiyaliklar bo‘lib qolmadi. Rio Olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritgan belShgiyalik dyuzdochi Dirk van Tixelt engiltak qiz tuzog‘iga tushib qoldi. Uning tunab ketilishiga doir turli xil hikoyalar mavjud. OAVning BelShgiya Olimpiya qo‘mitasiga asoslanib yozishicha, Dirk mashg‘ulotlar bo‘yicha hamrohining telefonini bezorilar tortib olgach, ularning ortidan quvib etib olgan va yuzidan zarb egan. Braziliyaning OAVlari esa sportchiga engiltak qiz hujum qilganinita’kidlab kelishmoqda.
Omadsizlik Avstraliya delegatsiyasi bilan ham sodir bo‘ldi. Olimpiada shaharchasidagi binolardan birida yuz bergan yong‘in tufayli mamlakat terma jamoasi evakuatsiya qilinayotgan paytda ikkita noutbuk va bir qancha futbolkalar yo‘qoldi. Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Lizl Tesh va Avstraliya terma jamosining fizioterapevti Sara Ross velosipedda sayr qilib yurgan chog‘da tunab ketildi. Ularning oldida qimmatbaho buyumlar bo‘lmagani bois, yo‘lto‘sarlar velosipedlarni tortib olishdi. Bundan tashqari, Avstraliyaning eshkak eshish bo‘yicha jamoasi murabbiylari qurolli hujumning qurbonlari bo‘lishdi. Ular yonidagi barcha qimmatbaho narsalarni berishlariga to‘g‘ri kelgan.
Daniya terma jamoasi o‘zining telefonlari, planshetlari, kompShyuterlari, kiyimlari va hattoki, choyshablaridan ayrilishdi.
“Bizning iltimosimiz bilan Olimpiada shaharchasida tozalikka qarovchi xodimlar soni oshgach, narsalarimiz yo‘qola boshladi. Ular hamma narsani o‘g‘irlashmoqda”, deydi delegatsiya rahbari Morten Rodtvit.
Braziliyalik jinoyatchilarning soni kundan-kun oshmoqda. OAV 50dan ortiq jabrlangan kishilar haqida xabar berayotgan bir paytda, politsiya bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumot bermagan. Braziliyada quyidagi mashhur mehmonlar ham jinoyatchilarning “iliq kutib olishidan” bahramand bo‘lishdi:
Portugaliya Sport vaziri Tiago Brandao Rodriges o‘z familyadoshi tomonidan tunab ketildi.
Gretsiya delegatsiyasi a’zosi Stratos Safioleas umumiy qiymati olti ming evroga teng kompShyuter va videokamerasiz qoldi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan fotograf Brett Kostelloning 40 ming AQSh dollariga teng moslamalari solingan sumkasi o‘g‘rilar nazaridan chetda qolmadi.
Yangi Zelandiya delegati Jeyson Lini plastik kartochkasidan 20 ming real echib olishga majbur qilishdi.
Yuqoridagi jabrlanganlardan faqat portugaliyalik vazirni tunab ketgan jinoyatchilarni qo‘lga olindi. Politsiya ham qonunbuzarliklarni to‘liq oldini olishga muvaffaq bo‘lmayapti, afsuski.
Dunyo uchun ajablanarli, Braziliya uchun esa siyqasi chiqqan haqiqat
Jinoyatchilik Braziliyada anchadan buyon keng tarqalgan muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. U shunchalik keng tomir otganidan, odatiy hayot tarziga aylanib qolganday, go‘yo. Hukumat qanchalik kurash olib bormasin, yildan-yilga jinoyatlar soni ortsa ortmoqdaki, aslo kamaymayapti.
Statistika shu darajada ayanchliki, mayda o‘g‘irliklar to‘g‘risida hukumat organlari saytida ma’lumotlar yo‘q. Bu erda qotillik, zo‘rlash, avtomobilSh o‘g‘irlash va jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan o‘g‘riliklar haqida ma’lumotlar bor. Masalan, 2014 yilda avtomobilSh o‘g‘irlash bilan bog‘liq 221 ming holat kuzatilgan, shulardan 98 mingtasi San-Pauloda, 32.5 mingtasi esa Rio-de-Janeyroda kuzatilgan. Mamlakat bo‘ylab har 100 ming mashinadan 298ta, ya’ni har 335-avtomobilSh o‘g‘irlanadi. Bu juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi.
Olimpiada ishtirokchilarining qaysidir ma’noda omadi kelgan, desak ham bo‘ladi. 2014 yilda har 100 ming odamdan bir nafari o‘g‘rilar tufayli halok bo‘lgan. Bunda ham San-Paulo va Rio etakchilik qilmoqda. Shu bilan birga, yo‘lto‘sar o‘g‘rilarning soni yildan yilga oshib bormoqda.
Xalqaro statistik tadqiqotlar Braziliyani o‘g‘rilik avj olgan davlatlar ichida uchinchi o‘ringa qo‘yadi. Mamlakat faqat Argentina va Meksikadan ortda qolmoqda. Olimpiada mezbonining har 100 ming aholisiga 572ta o‘g‘irlik to‘g‘ri keladi. Meksikada bu ko‘rsatkich 688ga, Argentinada esa 973ga teng. Vaholangki, bu davlatlar Lotin Amerikasida eng katta iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar hisoblanadi.
Yuqoridagi barcha statistik ma’lumotlar nahotki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasini qaror qabul qilishdan oldin o‘ylantirmagan? Braziliyadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoldan Xalqaro darajadagi mutaxassislarning bexabar ekanligi, ehtimoldan ancha yiroq. Olimpiadadek katta musobaqani qabul qiladigan mamlakatda mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash juda muhimdir. XOQ esa mazkur musobaqa geografiyasini kengaytirishni o‘ylab, sportchilar, jurnalistlar va delegatlarning xavfsizligiga ko‘z yumgan ko‘rinadi.
Rioda bo‘layotgan voqealar orasida o‘g‘irlik unchalik qo‘rqinchli emasdek. 11 avgust kuni Olimpiada o‘yinlarining xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri otib ketildi. U avtomobilda tashlandiq maskanlardan birida adashib qolgan bir paytda, jinoyatchilarning o‘q yomg‘iri ostida qoldi.
2013 yilda Meksikaning “La Jornada” jurnali Braziliyada qotillik to‘g‘risida statistikani chop etdi. Unga ko‘ra, 2004-2007 yillar oralig‘ida mamlakatda o‘qotar qurol orqali 147 ming odam o‘ldirilgan. 2010 yilning o‘zida esa bu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi: 36 792 ta qotillik, bir kunda 100 kishi, bir soatda to‘rt yoki har 15 daqiqada bir kishi. Lekin katta shaharlarda qotilliklar soni bir muncha kamaygan. Rio-de-Janeyroda 2000 yilda to 2010 yilgacha o‘qotar qurollardan halok bo‘lganlarning soni 43 foizga kamaygan. Shunga qaramasdan, jinoyatlarning soni Jahon chempionati va Olimpiada musobqasi o‘tkazilishini shubha ostiga qo‘ymadi.
Braziliya hukumati mamlakatda jinoyatchilikka qarshi qanday kurashdi?
Mamlakat hukumati mavjud muammolarga ko‘z yummadi. “Jahon chempionati-2014” va “Rio-2016” musobaqalariga tayyorgarliklar ko‘rish paytida xaroba va tashlandiq aholi maskanlarida ko‘plab reydlar o‘tkazildi. Masalan, 2010 yilda jinoyatchilarga qarshi kurashishda armiya bo‘linmalari ishga solindi. O‘shanda politsiya va harbiylar Rio-de-Janeyroning eng qashshoq chekka hududlaridan biri Vila Kruzayroda jinoyatchi to‘dalarning faoliyatiga nuqta qo‘yishdi. Mazkur tuman narkotika savdosi bilan shug‘ullanadigan ikki guruh tomonidan nazorat qilingan. Ular politsiyaga qurol bilan qarshilik ko‘rsatishdi. To‘qnashuvlar natijasida deyarli 30 kishi halok bo‘ldi.
Albatta, bunday chora-tadbirlar vaziyatning o‘zgarishiga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. 2014 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘g‘irlik bilan bog‘liq holatlar kuzatilib turdi, ammo katta ko‘lamda emas. Braziliya hukumati so‘nggi yillarda mamlakatdagi vaziyatni yashirish bilan shug‘ullandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kurash olib borilgani bilan jinoyatlarning tub ildizlari saqlanib qolaverdi.
Tahlilchilar Braziliyadagi jinoyatchilikni bir qator sabablar bilan tushuntirishadi: zo‘ravonlik targ‘iboti, narkotika savdosi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’naviy buzilishi, qamoq tizimining degradatsiyasi, keng tarqalgan urbanizatsiya va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy tengsizlik va yirik shaharlardagi qashshoqlikka qarshi kurashmay turib jinoyatchilikka qarshi urush e’lon qilish befoyda.
2014 yilgi jahon chempionati nisbatan tinchroq o‘tdi, ammo moliyaviy qiyinchiliklar ijtimoiy muammolarning oshishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida jinoyatlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Braziliyaning moliyaviy muammolari 2014 yildan keyin ancha yomonlashdi. 2015 yilda Yalpi ichki mahsulot 3.8 foizga tushdi, davlat qarzi esa 9 foizga o‘sdi. Byudjet defitsiti esa 30 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Petrobras davlat neftSh kompaniyasi bilan bog‘liq mojarolarning uch yil davom etishi ham mamlakat iqtisodiyotiga katta zarba berdi.
Olimpiadada xavfsizlikni ta’minlashi kerak bo‘lgan harbiylar va politsiyachilarning ko‘pchiligi bir necha oy davomida maosh olishmagan. Bu ham xalqaro musobaqa o‘tkazilayotgan paytda jinoyatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jinoyatchilar ortidan taqib qilishga xohishlari yo‘q. O‘g‘rilar, kissavurlar va yo‘lto‘sarlar buni juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ular Rio bo‘ylab bemalol “sayr” qilib yurishibdi.
Braziliyadagi siyosiy inqiroz ham vaziyatni og‘irlashtirdi. Olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishi orqali o‘z mamlakati imijini xalqaro maydonda ko‘tarib olishni maqsad qilgan prezident Dilma Russef korruptsiyada ayblandi va unga impichment jarayoni boshlandi. Bu ham “Rio-2016”ni jiddiy muammolar kutayotganidan dalolat bergan edi.
Olimpiada o‘yinlari o‘tkazlishi katta ma’suliyat talab qiladi
Olimpiada o‘yinlari davlatlarning xalqaro miqyosdagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Buni biz amaliyotda ham ko‘p kuzatganmiz. Musobaqa tufayli mezbon mamlakatga keladigan sayyohlar soni ortadi. Lekin bu Olimpiadadek katta musobaqaning qanday va qay ahvolda o‘tkazilishiga ham bog‘liq. Birinchi navbatda sportchilar va boshqa chet ellik mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash juda muhim. Agar kelgan mehmonlar va OAVda mezbon davlatdagi sharoitlar haqida taassurotlar salbiy bo‘lsa, bilingki, mamlakat imijiga putur etadi. Ko‘zlangan maqsad esa amalga oshmay qolishi mumkin. Zero, mamlakatni dunyoga hech narsa sportchalik tez mashhur qila olmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Braziliya bunday yirik sport tadbiriga har tomonlama tayyor emas edi va “Rio-2016” o‘yinlari buni yaqqol ko‘rsatib berdi. XOQ rahbarlari ham bundan keyingi Olimpiada mezbonlarini aniqlashda “Braziliyada olingan dars”dan kerakli xulosa chiqaradi, degan fikrdamiz. Ruslan Sulaymonov

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar