Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

"Navbahor" futbolchilari iroda ko‘rsatishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115
"Navbahor" futbolchilari iroda ko‘rsatishdi

Muborakning “Mash’al” jamoasiga qarshi uchrashuvda ham futbolchilarimiz irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Jizzaxdagi mag‘lubiyatdan keyin jamoamiz a’zolari bu safar o‘z oldilariga qanday qilib bo‘lmasin g‘alaba qozonish vazifasini qo‘yishgandi. Shu sababli uchrashuvga ham o‘zgacha kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rilgandi. Bu jihat maydonda ham namoyon bo‘ldi.
Uchrashuvning debyut qismi futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatsiz keldi. 6-daqiqada Kenja To‘raevning chap qanotdan oshirib bergan to‘pini Xumoyun Murtazoev boshi bilan Artur Parvanov qo‘riqlayotgan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Goldan keyin vakillarimiz tushkunlikka tushishgani yo‘q. Aksincha hujumkor harakat qilishda davom etishdi. Jamoamizning xavfli hujumlaridan birida Mirzohid G‘ofurov to‘pni darvoza chizig‘idan qaytarib qolishga erishdi. Ko‘p o‘tmay futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqishdi. Alisher Mahmudovning jarimadan yo‘llagan zarbasidan keyin Ilyosov to‘pni ushlab qolishni uddasidan chiqa olmadi. Hujumchilarga yordamga etib kelgan Qahramon Mahammadjonov takroriy zarba bilan darvozani nishonga oldi – 1:1. Mahammadjonovning goli nafaqat muxlislarni balki jamoamiz a’zolarini ham ruhlantirdi. Natija esa “Mash’al” jamoasi darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritilishi bilan yakunlandi. Alisher Mahmudov chamasi 35 metrlardan belgilangan jarima to‘pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limning qolgan vaqti davomida jamoalar maydonda tengma-teng o‘yin ko‘rsatishdi. Garchi gol urish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, hech bir futbolchiga gol urish nasib etmadi va jamoalar tanaffusga 2:1 hisobi bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limni futbolchilarimiz hujumkor ruhda boshlashdi. Dastlab, Akram Bahriddinovning qulay vaziyatdan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p himoyachilardan biriga tegib maydonni tark etdi. Keyingi hujumda muboraklik himoyachilar to‘pni darvoza chizig‘idan qaytarib qolishga erishishdi. 54-daqiqaga kelib “Mash’al”ning chiroyli kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi. Tezkorlik bilan to‘p oshirishlarni amalga oshirgan muborakliklar raqib himoyachilarini shoshirib qo‘yishdi va Mirzohid G‘ofurov hisobni tenglashtirdi. Navbatdagi hujumda “Mash’al” hisobda oldinga chiqib olishi ham mumkin edi. Artur Parvanov mahoratini namoyish etib, Xumoyun Murtazoevga gol urish imkoniyatini bermadi. Tez orada uchrashuv davomida jarima zarbalarini ancha xavfli tarzda amalga oshirgan Mahmudovni muvaffaqiyat qozonishiga Ilyosov imkon bermadi. 75-daqiqada esa katta sahnaga yana Qahramon Mahammadjonov chiqdi. Chap qanotdan jamoadoshlari hujumiga qo‘shilgan Qahramon yon chiziqqa yaqin joydan ajoyib zarba yo‘lladi. Himoyachimizning tepgan to‘pi ajoyib tarzda traektoriya hosil qilib, darvozaning olis to‘qqizligiga borib tushdi – 3:2. Qolgan vaqt davomida ham jamoalarda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lsada, 3:2 hisobi o‘zgarishsiz qoldi. Navbatdagi g‘alabani tantana qilgan jamoamiz musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib olishga erishdi.

"Navbahor" - "Mash’al" - 3:2 (2:1). 19 avgust. Namangan. "Markaziy" o‘yingoh. 3981 tomoshabin.
Hakamlar: V. Serazetdinov - 8,3, M. Saidqosimov - 8,6, A. Usmonov - 8,6, O. To‘ychiboev - 9.
Nazoratchi - D. Roman.
"Navbahor": 34. Artur Parvanov, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabborov ((50. Abdumalik Abdullaev, 64), 10. Alisher Mahmudov, 19. Vladislav Aleksin (88. Vladislav Nuriev, 75), 21. A’zam Aliev, 26. Qahramon Mahammadjonov, 27. Murod To‘ychiboev, 28. Islom Isoqjonov, 33. Tohir Shamsitdinov, 99. Ruslan Vagapov (63. Dordji Sangadjiev, 46).
"Mash’al": 35. Javohir Ilyosov, 2. Iskandar Shoyqulov (6. Sardor Abduraimov, 77), 5. G‘iyos Komilov, 7. Zohir Qo‘ziboev, 9. Xumoyun Murtazoev (10. Jamshid Hasanov, 83), 13. Shahzod Shaymanov, 17. Vladislav Pavlenko, 18. Abbos Shodmonov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 23. Kenja To‘raev, 55. Avaz Agaliev.
Gollar: Q. Mahammadjonov (12, 75), A. Mahmudov (16) - X. Murtazoev (6), M. G‘ofurov (53).
Ogohlantirishlar: I. Isoqjonov (42), A. Aliev (66) - X. Murtazoev (64), A. Shodmonov (74).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar