Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Rio-de-Janeyro politsiyasi: Amerikalik suzuvchilar tunab ketilgani haqidagi yolg‘on uchun uzr so‘rashi kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 34
Rio-de-Janeyro politsiyasi: Amerikalik suzuvchilar tunab ketilgani haqidagi yolg‘on uchun uzr so‘rashi kerak

Suzish bo‘yicha AQSh erkaklar terma jamoasi a’zolari tunab ketilgani haqida matbuot va huquq-tartibot xodimlariga tarqatgan yolg‘on xabarlar uchun Rio-de-Janeyro aholisi oldida uzr so‘rashi kerak. Bu haqda Rio-de-Janeyro politsiyasi boshlig‘i Fernandu Velozu Globo telekanaliga bergan intervShyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «TASS».

Bir necha kun avval AQSh Milliy olimpiya qo‘mitasi terma jamoaning to‘rt nafar a’zosi Rio-de-Janeyro shahrida tunab ketilgani haqida ma’lum qilgandi. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Gunnar Bents, Jek Konger, Jeyms Feygen va Rayan Loxte 14 avgustga o‘tar kechasi kechki bazmdan olimpiya shaharchasiga qaytayotgan bo‘lgan. Ular o‘tirgan taksiga o‘zini politsiya xodimi deb tanishtirgan qurollangan shaxslar tomonidan hujum qilindi. Jinoyatchilar go‘yoki sportchilardan pul va boshqa shaxsiy buyumlarni talab qilgan.

Biroq huquq-tartibot xodimlari jabrlanganlarning arizasi rostligiga shubha qildi. 18 avgust, payshanba kuni sportchilar tunab ketilmagani aniqlandi. Ular yoqilg‘i quyish shoxobchasida zarar etkazilgan mulkka pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi.

Globo telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, amerikalik suzuvchilar hojatxona eshigini buzgan va qo‘riqchilar bilan mushtlashgan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimlari etkazilgan zarar uchun pul to‘lanishini talab qilgan. Sarxush holatda bo‘lgan sportchilar qochib ketishga uringanida qo‘riqchilardan biri ularga to‘pponcha bilan tahdid qilgan.

Amerikalik suzuvchilarga nisbatan «jinoyat haqidagi yolg‘on xabar berish» moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Ular 1 oydan 6 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi va jarimaga tortilishi mumkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar