Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Surxondaryolik futbolchi qizlar bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 89
Surxondaryolik futbolchi qizlar bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Navoiyda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Yashil maydon malikalari” musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Bu yoshlar, ayniqsa, qizlarning sog‘lom va barkamol voyaga etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Navoiy viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Surxondaryo va Navoiy viloyati jamoalari g‘oliblik uchun bahslashdi.
Surxondaryolik futbolchi qizlar birinchi o‘rinni egalladi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi, uchinchi o‘rinlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyati jamoalariga nasib etdi.
– Musobaqada g‘alaba qozonish oson bo‘lmadi, – deydi Surxondaryo viloyati jamoasi sardori Nigora Muhammadieva. – Mamlakatimizda xotin-qizlarni sportga jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor ayniqsa qizlarga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi musobaqa ham xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Nuriddin Rahimov, O‘zA Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar