Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Oksana Chusovitina: Tokio–2020 Olimpiadasida medalSh olaman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
Oksana Chusovitina: Tokio–2020 Olimpiadasida medalSh olaman

«Kommersant’» maxsus muxbiri Andrey Kolesnikov Rio–2016 da ettinchi Olimpiadasini o‘tkazib, tarixdan joy olgan o‘zbekistonlik afsonaviy sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina bilan suhbat qurdi.

41 yoshli Chusovitina suhbat davomida faoliyatidagi kechinmalari, Olimpiadadagi ishtiroklari, bo‘lajak rejalari haqida so‘zlab o‘tdi va O‘zbekiston uchun olimpiya o‘yinlarida medalSh olish orzusi borligini ma’lum qildi. «Daryo» intervShyuning qisqa variantini taqdim qiladi.

— Men O‘zbekiston uchun Olimpiada o‘yinlarida medalSh olishni orzu qilaman, — dedi Chusovitina aniq va ravshan qilib.

— Ana xolos! Demak, siz Tokioga (2020 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari poytaxti – «Daryo» izohi) borasiz. Lekin siz hali saralashdan o‘tishingiz kerak. Agar o‘ta olmasangizchi?

— Men tushunaman, juda yaxshi tushunaman. Bu yilgi saralashda nafaqat tayanib sakrashda, balki ko‘pkurash, ya’ni, barcha 4 ta snaryadda ishtirok etishga to‘g‘ri keldi. Boshqa snaryadlarda qiyin mashqlar bajarmadim. Rioda esa sakrashlarimni amalga oshirdim.

— Buni ko‘rdim. Shuningdek, final bosqichidagi barcha chiqishlardan so‘ng, g‘oliblar taqdirlanishidan avval, zal sizga gulduros qarsaklar chaldi. Zalda o‘tirganlarga siz haqingizdagi syujet ko‘rsatildi. Unda siz haqiqiy jahon sporti afsonasi edingiz. Bu kutilmagan holat bo‘ldi. Shu shanday bo‘ldiki… Tomog‘imga kesak tiqilgandek bo‘ldi. Siz esa shunchaki oddiy va biroz ruhan ezilgan edingiz…

— Men yaxshi sakray olmaganim uchun xafa edim. Meni afsona deyishlari biroz xijolatga soladi. Men, balki, shunchaki o‘z sport turimni boshqa ‘bolalar’dan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raman. Balki, bu sport turida ko‘proq narsa tushunaman. Men buni mamnuniyat bilan bajaraman. Balki, bu sport turida ko‘proq qolib ketgandirman.

— Hayotingiz davomida nechta sakrashni amalga oshirganingizni hisoblab ko‘rganmisiz?

— Buni mendan hech kim so‘ramagan, o‘zim esa o‘ylab ko‘rmaganman. Rioda esa aynan shu sakrashni amala oshirmoqchi edim. Chunki bu elementning bahosi eng yuqori edi va bunga tayyor edim. Ammo bajara olmadim. Aynan shu narsa meni qiynayapti.

— MedalSh olmaganingiz emasmi? Hamma medalni o‘ylab startga chiqadi. Bo‘lmasa nega?

— Men taxtasupaga chiqqanimda hech qachon medalSh haqida o‘ylamayman. Faqatgina barcha mashq qilganlarimni ko‘rsatish haqida o‘ylayman.

— Lekin Rioda medalSh haqida o‘ylagandirsiz? Ishonchim komil, oltin haqida o‘ylagansiz. Hech bo‘lmasa, tushingizda ko‘rgandirsiz? Men sizga ishonmayman!

— Yo‘q, o‘ylamagan edim. Men [medalni] Tokio [2020-yozgi olimpiada]da olaman

— Rostanmi? (Qayta so‘radi jurnalist)

— Ha.

— Men sizni o‘z so‘zingizda ushladim, lekin bu haqda menga birinchi bo‘lib aytmaganibgizni tushunib turibman…

— Men buni sizga birinchi bo‘lib aytdim. Shunday bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar