Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Rio-2016 Olimpiadasi haqida qiziqarli faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 425
Rio-2016 Olimpiadasi haqida qiziqarli faktlar

1news.uz — Ayni paytda butun dunyo sport ixlosmandlarining nigohi 5 avgust kuni Rio-de-Janeyro boshlangan olimpia o‘yinlariga qaratilgan. Musobaqalarda mazmunli ishtirok etayotgan yurtimiz sportchilari ham o‘z muxlislarini xursand etmoqdalar. Endi, ochilish marosimi mahobatli Marakan stadionida o‘tkazilgan to‘rt yillikning eng qiziqarli sport tadbiri to‘g‘risidagi qiziqarli faktlarga to‘htalamiz.

Rio-2016 musobaqasida 10 500 ming nafarga yaqin sportchilar 42 sport turida 306ta medallar shodasi uchun kurash olib boradi.

Rio-de-Janeyroga har yili 1,6 million nafar chet ellik sayyohlar tashrif buyuradi. Rio Braziliyadagi eng ko‘p mehmon kutadigan shahar bo‘lib 2015 yilgi an’anaviy karnavalning o‘ziga million nafar sayyoh kelgan.

Olimpiada o‘yinlarining o‘zgacha jihati tarixda ilk bor Janubiy Amerikada o‘tkazilayotganidir. 2009 yilgi mezbonlik uchun kurashda Rio-de-Janeyro – Chikago, Madrid va Tokio shaharlarini ortda qoldirib g‘olib bo‘lgan edi.

Musobaqa mash’alasi estafetasi shu yilning 21 aprelida Olipiada vatani Gretsiyadan yo‘lga chiqib, 90 kundan so‘ng 5 avgust kuni Braziliyaga etib kelgan.

Musobaqaning tantanali ochilish va yopilish marosimlari eng ko‘p futbol muxlislarini qabul qilish bo‘yicha rekord qayd etgan Marakana stadionida bo‘lib o‘tadi. Hozirda uning sig‘imi 78 000 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lsada, 1950 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati final bahsida stadionda 173 ming tomoshabin ishtirok etgan.

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan olimpiadada ilk bor 2000 yilda tug‘ilgan sportchilar ishtirok etadi. Qoidalarga ko‘ra, musobaqalarda 2003 yilning 1 yanvarigacha tavallud topgan atletlar qatnashishi mumkin bo‘lsada, ba’zi sport turlarida yosh bo‘yicha cheklovlar mavjud. Eng yosh atletlar sportning gimnastika va dayving turlarida qatnashishadi.

O‘z mamlakatini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan sportchilar ham musobaqalarda qatnashadilar. Olimpiya Qo‘mitasining qaroriga muvofiq, qochoqlar jamoasi Olimpia bayrog‘i ostida ishtirok etadi.

Olimpiya bahslarining barcha bellashuvlariga 7,5 million dona chiptalar chiqarilgan bo‘lib, ularning narxi $40dan tortib, ayrim suzish musobaqalari va ochilish marosimi uchun $3000gacha etib belgilangan. Tomoshabinlar uchun eng ommabop sport turlari esa futbol, basketbol, voleybol va gandbol bo‘yicha uchrashuvlardir.

Olimpia o‘yinlarini o‘tkazish uchun 85 000 askar va politsiya xodimlari jalb qilingan bo‘lib, bu son jihatidan eng ko‘p qo‘riqchilar armiyasidir. Londonda 2012 yili o‘tkazilgan o‘yinlarda bu sonning teng yarmi darajasidagi xavfsizlik xodimlari ish olib borgan edi.

Tashkiliy qo‘mita musobaqalar oldidan Rio-de-Janeyrodagi taksi haydovchilariga ingliz tilini o‘rganish uchun bepul onlayn kurslar tashkil etdi.

Olimpia o‘yinlarining shiori “Viva sua paixão” bo‘lib, tarjimasi “Ehtiroslaring bilan yasha ” degan ma’noni beradi.

Muallif: Elmurod ERMATOV, Andijon

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar