Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Toshkent viloyati derbisida "Metallurg" g‘olib bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73
Toshkent viloyati derbisida "Metallurg" g‘olib bo‘ldi

Ikkinchi davrani ko‘ngildagidek boshlay olmagan Toshkent viloyati jamoalarining o‘zaro uchrashuvini muxlislar sabrsizlik bilan kutishgandi. Oldindan aytish kerak, bu galgi to‘qnashuv ham murosasiz o‘tib, gollarga boy bo‘ldi. Unda maydon egalari 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv mezbonlarning tezkor hujumlari bilan boshlandi. Ammo birinchi xavfli vaziyat “Metallurg” darvozasi yonida sodir bo‘ldi va u golga aylandi. O‘ng qanotdan Zohir Pirimov jarima maydoniga yorib kirdi va darvoza chizig‘i bo‘ylab to‘pni Timur Usmonovga uzatdi. Timur esa bo‘sh darvozani nishonga olishda yanglishmadi – 0:1.
O‘tkazib yuorilgan to‘pdan so‘ng “Metallurg” futbolchilari yanada faol o‘ynay boshlashdi. Chap qanotdan Murodjon Toshmatovning ikkita reydidan so‘ng Zohid Abdullaev va Javohir Esonqulovlar bosh bilan o‘ynashda biroz yanglishishdi. 36-daqiqada esa mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Bu safar o‘ng qanotdan hujum boshlandi. Markazda raqib himoyachilaridan qaytgan to‘p Jahongir Abdumo‘minovga kelib tushdi va u olisdan bergan zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi – 1:1. Tashabbusni to‘liq o‘z qo‘llariga olishgan bekobodliklar birinchi taymda yana ikki marta muvaffaqiyat qozonishdi. 43-daqiqada Jahongir Abdumo‘minov to‘pni jarima maydoniga uzatib berdi. Mehmonlar o‘yindan tashqari holatni yuzaga keltirishga urinayotgan paytda Farrux Shotursunov to‘pni qulay vaziyatda ochilgan Zohid Abdullaevga tashladi va Zohid “Metallurg”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Taym yakunlanib borayotganda esa “Metallurg” o‘ng qanotdan hujum tashkil etdi. Javohir Esonqulovning oshirib bergan to‘pini Shotursunov o‘tkazib yubordi va darvoza qarshisida bo‘sh qoldirilgan Zohid Abdullaev o‘z dublini rasmiylashtirdi – 3:1.
Ikkinchi taymda ham jamoalar hujumkor futbol taktikasidan voz kechishmadi. Garchi bu bo‘limda gollar kamroq kiritilgan bo‘lsa-da, ishqibozlar zerikib qolishmadi.
50-daqiqa. “Olmaliq” jarima to‘pni tepdi. To‘p jonli devorga tegib Timur Usmonovga kelib tushdi. Uning chamasi 7 mertlardan bergan kuchli zarbasidan so‘ng Suhrobjon Sultonov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Shu daqiqaning o‘zida bekobodliklar qarshi hujumni tashkil etishdi va Farrux Shotursunov olis masofadan o‘z omadini sinab ko‘rdi. Biroq uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Bu zarba ham muxlislarga manzur bo‘ldi.
56-daqaqada bekobodliklar sun’iy o‘yindan tashqari holatni yuzaga keltirishda yanglishishdi. Timur Usmonov o‘ng qanotdan qochib ketayotganda Islomjon Qobilov uni quvib etib xalaqit berdi. Natijada darvozabonni ham ortda qoldirgan Timurning zarbasi noaniq chiqdi.
60-daqiqada Davronbek Karimqulov o‘ng qanotdan jarima maydonigacha etib bordi va to‘pni darvoza chizig‘i bo‘ylab uzatdi. Ammo to‘pga jamoadoshlaridan hech kim ulgurmadi. Shu daqiqaning o‘zida Abdumo‘minov – Jalilov kombinatsiyasidan keyin Javohir Esonqulov darvoza tomon zarba berdi. Akmal Ortiqov to‘pni qaytardi. Javohir takroriy zarbani berishga chog‘langanida himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchakdan Murodjon Toshmatov to‘pni jarima maydoniga etkazib berganida Ayubxon No‘’monov bosh bilan uni darvozaga to‘pni to‘g‘rilab qo‘ydi. Biroq bu lahzada Akmal Ortiqov ishonchli o‘ynadi.
86-daqiqada qanotdan etkazib berilgan to‘pni Mo‘ydin Mamazulimov bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Suhrob Sultonov uni egallab oldi. O‘yin tugashiga ikki daqiqa qolganda Ergash Ismoilovning chap qanotdan ajoyib reydi gol bilan yakunlandi – 4:1. U katta tezlikda mehmonlarning uch nafar himoyachisini aldab o‘tib, to‘pni darvozaning olis burchagiga joylab qo‘ydi. Ammo mezbonlar xursandchiliklarini nishonlab ulgurishmasidan Mo‘ydin Mamazulimov farqni qisqartirdi. O‘ng qanotdan to‘p jarima maydoniga uzatib berilganida ikkinchi davradan qadrdon jamoasiga qaytgan Mo‘ydin bosh bilan aniq zarba berdi va farqni qisqartirdi – 4:2.
“Metallurg” – “Olmaliq” – 4:2 (3:1). 18.08.2016 yil. Bekobod. 1114 tomoshabin. Hakamlar: Dmitriy Pislegin – 8,3, Jalgasbay Sarsenov – 8,2, Bektursun Kannazarov – 8,4, Dilshod Karimov – 9. Nazoratchi hakam: Sayfiddin Ermatov. O‘zPFL vakili: Axrol Inoyatov. Gollar: 0:1 – Timur Usmonov (17, pas Zohir Pirimov), 1:1 – Jahongir Abdumo‘minov (37), 2:1 – Zohid Abdullaev (42, pas Jahongir Abdumo‘minov, Farrux Shotursunov), 3:1 – Zohid Abdullaev (45, pas Javohir Esonqulov), 4:1 – Ergash Ismoilov (88), Mo‘ydin Mamazulimov (89). “Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 8. Ayubxon No‘’monov, 11. Farrux Shotursunov (7. Doniyor Odilov,59), 13. Javohir Esonqulov (19. Ergash Ismoilov, 81), 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 22. Murodjon Toshmatov, 23. Sherzod Jalilov, 40. Islomjon Qobilov, 70. Jahongir Abdumo‘minov (9. Farhod Namozov, 72). Zahira: 91. Zafar Safoev, 5. Jasur Ahmedov, 17. Mirg‘iyos Sulaymonov, , 77. Saidjon Abdujabborov. “Olmaliq”: 87. Akmal Ortiqov, 3. Saidkomil Akbarov, 5. (s) Evgeniy GogolSh, 6. Rahmatullo Berdimurodov, 11. Zohir Pirimov, 17. Muhammad Isaev, 21. Doniyor Usmonov (7. Arslonmurod Amonov, 76), 23. Temur Usmonov (9. Mo‘ydin Mamazulimov, 65), 33. Oybek Nurboev, 94. Xurshid Muxtorov, 99. Shohnazar Norbekov (14. Doniyor Ismoilov, 46). Zahira: 16. Umid Xonimqulov, 4. Abduqahhor Hojiakbarov, 12. Roman Abdullaev, 55. Hasan Asqarov. Ogohlantirish: Hikmat Hoshimov (70), Doniyor Ismoilov (85). Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilari:Zohid Abdullaev – Saidkomil Akbarov. Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar