Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Enrike Serezo: "Hozir “Atletiko”da ancha yillardan beri eng kuchli tarkib yig‘ilgan"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 53
Enrike Serezo: "Hozir “Atletiko”da ancha yillardan beri eng kuchli tarkib yig‘ilgan"

“Atletiko” boshqaruvida 14-mavsumini boshlagan prezident Enrike Serezo ushbu yozgi transferlarda kuchaytirilgan tarkibdan juda xursand ekanini bildirdi.

- “Atletiko”ning ushbu mavsumdagi tarkibini qanday baholagan bo‘lardingiz?

- Bu juda ajoyib jamoa. “Atletiko”ning bu tarkibini so‘nggi yillardagi eng yaxshi tarkib deb hisoblayman.Tarkib haqiqiy professionallar, muvaqqaqiyatga intiluvchi insonlar, buyuk futbolchilarga to‘la.

- “Atletiko” ushbu transfer mavsumida ispan klublari ichida eng ko‘p mablag‘ sarflagan jamoa. Xaridlar uchun 80 mln evrodan ortiq summa sarflandi.

- Biz murabbiylar fikriga doim quloq tutamiz. Shu sabab kuchaytirilishi talab etilgan pozitsiyalarga futbolchilarni xarid qilishga harakat qildik. Biroq bizning byudjet doirasidan chetga transferlarni amalga oshirmaymiz.

- Kevin Gameyro – yozning bosh xaridimi?

- Gameyro – ajoyib futbolchi, biz uni xarid qilganimizdan xursandmiz. Kevin “Atletiko”ga o‘tishni istagandi, shunday ekan, u bizning safimizda ekanligi ajoyib. U o‘tgan mavsumda “Sevilya” tarkibida 30 gol urib, qanday futbolchi ekanini ko‘rsatib bergandi.

- Gaytanni xarid qilishni Simeone talab qilganmidi?

- Biz biror futbolchi bilan muzokaraga kirishishdan oldin albatta murabbiy bilan maslahatlashamiz. Evropaning bir qator top-klublari Gaytanni xarid qilishni istagan edi. U Argentina tarkibida Kopa Amerikada porladi, o‘tgan mavsumda “Visente Kalderon”da “Atletiko”ga qarshi eng kuchli o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan biri bo‘ldi.

- Lusiano Vetto kutilmaganda“Sevilya”ga ketdi. Axir u uchun o‘tgan 22 mln evro to‘langandi.

- Biz unietarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berdik. Ishonchim komil, u La Liganing yulduzlaridan biriga aylanadi va albatta “Atletiko”ga qaytadi.

- Chempionlar ligasi finalidan keyin Simeone klubni tark etadi degan mish-mishlar tarqalgandi...

- U biz bilan uzoq vaqt qoladi degan umiddaman. Bu erda Diegoni hamma qo‘llab-quvvatlaydi. Futbolchilardan tortib, muxlislargacha. U ishga qattiq berilgan va tinmay mehnat qilmoqda. Bu klub uchun yaxshi holat. Simeone – dunyoning eng kuchli murabbiyi.

- Fernando Torres “Atletiko”da qoladimi?

- Albatta, axir uning tanasida “Atletiko” qoni oqadi.

- Antuan Grizmanning supermavsumi haqida ham to‘xtalsangiz.

- U geniy. Ishonchim komil, bu yil Antuan “Oltin to‘p”ga da’vogarlik qiladi. Grizmann uzoq yillar muxlislarimizni xursand qiladi degan umiddaman.

- “Atletiko” kelayotgan mavsumdagi rejasi qanday?

- Biz barcha sovrinlar uchun – La Liga, Kopa delSh Rey vaChempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashmoqchimiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar