Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Messi fenomeni (1-qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 74
Messi fenomeni (1-qism)

Siz bilan ajoyib davrni boshdan kechirmoqdamiz: biz omadlilarmiz, chunki Lionel Messining evolyutsiyasini jonli ravishda kuzatish imkoniga ega bo‘lmoqmiz. Lekin bugungi maqolamiz Messining futbol daholari qatoriga qadar o‘sib borish bosqichlari haqida emas, uning faoliyati zamonaviy futbolni qanday o‘zgartirayotgani haqida. Taniqli futbol ekspertlari Jonatan Vilson va Grem Xanterning shu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashamiz.

Messining taktik merosi

Ko‘pchilikning ta’kidicha, Messi kabi ijrochisi bor jamoa taktikaga ehtiyoj sezmaydi: mustahkam jamoa tuz va Leoning o‘ynashiga qo‘yib ber, shunda yutqazgan o‘yinlaringdan yutuqlaring soni ko‘proq bo‘ladi.

Ammo hammasi bunday oson emas, o‘sha 1986 yili Maradona Argentinani JCh chempionligiga etaklaganida ham taktika mukammal edi. Maradona o‘sha turnirda porlaydi, ammo Karlos Bilardo tomonidan tuzilgan 3-5-2 tizimi unga shunday imkoniyat beradi. Shuningdek, bu tizimda Xorxe Burruchage o‘rta chiziqdan yorib kirib, kesma paslarni qabul qilar, shu bilan u himoyachilarni o‘ziga tortardi. Bu esa o‘ta iqtidorli markaziy hujumchi Xorxe Valdano, qanot hujumchilari Rikardo Giusti va Xulio Olartikoecheaga markaz va qanotlardan ochilishga yo‘l berardi.

Jamoada Messining borligi, albatta, katta rol o‘ynaydi. Bunga Joze Mourinyu ham o‘tgan yilning mayida alohida to‘xtalgandi: “Oddiy jamoa bilan, Messisi bor jamoa – umuman boshqa-boshqa... Jamoalar o‘yinini tahlil qilishda bir narsani yodda tutmoq kerak, bu bolakay barcha bazaviy tamoyillarni o‘zgartirib yubora oladi”, deya yozgandi «Independent» nashrida.

Albatta, shunday. Ammo Messining klub va terma jamoadagi samaradorligi ko‘rsatmoqdaki, Messi uchun to‘g‘ri taktik reja tuzish, xuddi Bilardo 1986 yili Maradona uchun reja tuzganidek juda ahamiyatli vazifa. Messi o‘ta noyob qobiliyatga ega ekan, murabbiylar boshqalar orzu ham qila olmagan taktik ishlanmalarni tatbiq etish imkoniga ega bo‘ladilar. Shu tarzda u hozirgi taktik evolyutsiyani shakllantirib bermoqda.

Cheksiz imkoniyatlar

Mashhur bolalar akademiyasi — «La Masiya»da bolalar boshdanoq asosiy jamoa o‘ynaydigan uslubda tarbiyalanishadi. Bu uslub yosh futbolchilarning katta toifadagi jamoalarga qiyinchiliksiz qo‘shilib borishini taminlaydi.

Bu – 4-3-3 tizimi vato‘pni nazorat qilish va pressingga asoslangan o‘yin. Messining muammosi shunda ediki, u 4-3-3 shablonidagi biror pozitsiyaga mos tushmasdi. Uning kontseptsiyasi toza argentinacha edi. U o‘zini xuddi Maradonadek, maydondagi “10”lik rolida, oldindagi ikki hujumchi va yarim himoyachilarni bog‘lab beruvchi sifatida ko‘rardi.

Messi 16 yoshlilar jamoasida o‘ynagan yillari jamoani Aleks Garsiya boshqarardi va u Leodan o‘ng qanot hujumida foydalanardi. «U qanotda qolishni yoqtirmasdi», — eslaydi Garsiya. — «U menga qanotda o‘ynashga roziligini, ammo imkon bo‘lishi bilan markazga ko‘chishini aytardi. Bu normal hol: bunday iqtidor egasiga cheklov qo‘yib bo‘lmaydi. Va shunda uni turli pozitsiyalarga qo‘ya boshladim. Men ongli ravishda uni kengqirrali bo‘lishiga intildim».

Garsiya maydonda Messini qaysi nuqtaga qo‘ymasin, u baribir maydon markaziga intilaverardi. Messi asosiy jamoaga qo‘shilganida ham shu holat takrorlandi: u taktik sxemada qanot o‘yinchisi edi, ammo doimiy ravishda markazga, hujumchi ortiga ko‘chardi. Bu holatga murabbiylar muammo sifatida qarashni to‘xtatdilar va bu “Barselona” o‘yin rejasining ajralmas qismiga aylandi. Qolaversa, o‘sha vaqtda jamoada yana bir superiqtidorli o‘yinchi, markazga ko‘chib o‘ynashni xush ko‘ruvchi Ronaldinyu ham bor edi. Faqat u chap qanotdan joy olgandi.

Jamoadagi uchala markaziy hujumchiham – Samuel Eto’O, Eydur Gudonsen va Xavier Saviola — aqlli, harakatchan futbolchilar edi, kerak paytda orqaroqqa qaytish yoki qanot hujumchilariga bo‘shliq yaratib berishni yaxshi eplashardi. Raqib himoyachilari bunday joy almashishlaridan dovdirab qolishardi.

Jamoaga Pep Gvardiola kelgach va Dani Alvesning xarid qilinishi “Barselona”ning qanotlardan uyushtiriladigan hujumlarini yanada kuchaytirib yubordi. Alves himoya pozitsiyasida o‘ynab turib, hujumda ko‘proq vaqtini o‘tkazardi va uning Lionel Messi bilan bir-birini tushunishi, qanotda joy almashishlari va Messining bundan foydalanib markazga o‘tishi himoyachilarga birato‘la ikkita muammo tug‘diradigan bo‘ldi. Birinchidan, Messi o‘ziga qulay oyog‘ida to‘pni qabul qilish imkoniga ega bo‘lardi, himoyachi esa noqulay oyog‘ida himoyalanishga majbur edi. Bu ustunlik shunchalik sezilardiki, 2006-2007 yillarda «Liverpul» ustozi Rafa Benitez “Barsa”ga qarshi bahsda o‘ng oyoqda o‘ynaydigan Alvaro Arbeloani himoyaning o‘ng qanotidan olib, chap qanotga qo‘yadi. Birmartalik taktika sifatida bu o‘zini oqlaydi. Ammo bu hali markazga intiladigan Messiga qarshilik ko‘rsatishga etarli bo‘lmaydi. Bunday manyovrning muvaffaqiyat qozonishiga Dani Alveshning hissasi ham bor. Bejizga u Messining eng yaxshi assistenti emas.

Himoyachi Messini to‘sish uchun markazga yaqinroq o‘ynaganida, Alvesga bo‘shliq ochilardi. Agar himoyachi Alvesni qanotda to‘sishga urinsa, Messi markazga qochardi.

Messi qanotdan markazga yorib kirib hujum qiluvchi birinchi futbolchi emas, albatta. Bu uslub, masalan, 1970-yillarda Italiyada kuzatilgan. Ammo ulardan birortasi bu ishni Messi kabi samarali amalga oshira olmagan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar