Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Sho‘rtan” 4:1

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 75
Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Sho‘rtan” 4:1

Yoshlar ligasi doirasidagi “Bunyodkor” – “Sho‘rtan” bahsida yosh “qaldirg‘ochlar” raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida hisob ochildi. Belgilangan jarima zarbasini shu kuni yoshlar jamoasi safida to‘p tepgan Viktor Karpenko qoyilmaqom tarzda bajardi va bunyodkorchilarni oldinga olib chiqdi. 17-daqiqada darvozadan chamasi 25-27 metrlar uzoqlikdan Nodirbek Mavlonov kuchli zarba yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ikkinchi taym boshlarida “Sho‘rtan” himoyachilari va posboni xatosidan Sanjar Qodirqulov unumli foydalanib, g‘uzorliklar darvozasini uchinchi to‘pni kiritdi. 65-daqiqada Suhrob Izzatov raqibning uch futbolchisi va darvozabonini aldab o‘tib, to‘rtinchi golga mualliflik qildi. Shundan so‘ng “Sho‘rtan” vakili Alisher Arslonov hisobni qisqartiruvchi golni kiritdi va uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” yoshlari o‘z hisoblariga navbatdagi uch ochkoni qo‘shib qo‘yishib, musobaqa jadvalidagi yakka peshqadamliklarini davom ettirishmoqda.

Yoshlar ligasi-2016, 19-tur
“BUNYoDKOR” – “ShO‘RTAN” 4:1 (2:0)
Gollar: Viktor Karpenko 2 (1:0), Nodirbek Mavlonov 17 (2:0), Sanjar Qodirqulov 51 (3:0), Suhrob Izzatov 65 (4:0) Alisher Arslanov 72 (4:1)
Ogohlantirishlar: Nurillo To‘xtasinov 75 – Nurali Pardaev 42
“Bunyodkor”: 35.Abdukarim Muhammedov, 7.Nodirbek Mavlonov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 16.Sardor Madrahimov, 17.Elbek Ravshanov, 19.Sanjar Qodirqulov, 27.Georgiy Pogosov, 33.Abdulloh Ismoilov, 34.Xayrulla Karimov (S), 44.Nuriddin Hasanov, 77.Viktor Karpenko
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 6.Aleksandar Alempievich, 10.Farruh Ikromov, 15.Davron Umirov, 18.Dilshodbek Ahmadaliev, 40.Suhrob Izzatov, 48.Nurillo To‘xtasinov
“Sho‘rtan”: 1.Akmal Rahimov, 4.Mirmuhsin Sattorov, 5.Yo‘lchi Fayzullaev, 7.G‘ulom Rahmonov, 8.Olim Karimov, 9.Temur Komiljonov, 11.Jasur Xolto‘raev, 15.Shahzodbek Xursanov, 18.Alisher Arslonov, 20.Nurali Padarov, 21.Asliddin Abdiev
Zaxira: 93.Alibek Turobov, 3.Rustam Haydarov, 6.Farrux Haydarov, 16.Sevdiyor Xamroqulov, 19.Elyor Tog‘aev
Hakamlar: R.Kopadze (Farg‘ona) – 8,2; M.Karimov – 8,3; N.Anfinogenov – 8,3; S.Eremeev – 9,0
Nazoratchi: R.Serazetdinov (Toshkent)
18 avgust. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 63 tomoshabin

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar