Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Maksim Shatskix: "Terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 58
Maksim Shatskix: "Terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Maksim Shatskix ayni kunlarda Ukrainada, o‘zi uchun faoliyatidagi eng qadrli klublardan biri hisoblangan Kievning “Dinamo” klubida murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Aniqog‘i, Dinamoning U-19 yoshlar jamoasida yosh futbolchilarga murabbiylik qilib kelmoqda.

Ayni kunlarda murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan va Kievda istiqomat qilayotgan milliy terma jamoaning sobiq hujumchisi sports.uz portaliga ekslyuziv intervShyu berdi va faoliyat bilan bog‘liq bir qator qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdi.

Quyida Maksim Shatskixning inetrvShyusidan o‘rin olgan eng muhim vaziyatlar va uning faoliyatiga oid qiziqarli faktlar bilan tanishish mumkin.

Maksim Shatskix fenomeni

Maksim Shatskix iste’dod va qattiq mexnat evaziga qaerda bo‘lmasin katta yutuqlarga erisha olish mumkinligini isbotlay olgan hujumchilardan biri hisoblanadi. Ajoyib goleador, iste’dod egasi hisoblangan Shatskix deyarli butun futbolchilik faoliyatini Ukrainada o‘tkazdi. "Dinamo Kiev" safida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Shuningdek, klub safida Evropa Chempionlar Ligasida qit’aning eng kuchli jamoalariga qarshi o‘ynagan kam sonli osiyolik futbolchilardan biri bo‘ldi. Eng asosiysi esa, hamma havas qilgulik oila egasi bo‘ldi. Maksim Shatskix butun faoliyati davomida mexnatkash va tinib bilmaydigan futbolchi sifatida barchaga o‘rnak bo‘la oldi.

O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatida unga armon bo‘lib qolgan vaziyat haqida

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turgan hujumchi klublar miqyosida ko‘plab yutuqlarga erishdi. Terma jamoa safida qit’a miqyosidagi ko‘plab turnirlarda ishtirok etdi va bir qator muhim gollarga mualliflik qildi. Ammo, terma jamoa bilan mundialga chiqa olmaganini o‘zi uchun armon ekanini ta’kidadi. “Terma jamoadagi faoliyatimdan mamnunman, ammo Jahon chempionatiga yo‘l ola olmaganimdan, afsusdaman”.

Futboldagi ilk saboqlari, katta futboldagi kumiri va futbol oilasi haqida

"Katta futbolga ko‘pchilik bolalar qatori ko‘cha futbolidan kirib kelganman. Ammo, futbolga tasodifan kirib qolganman deya olmayman. Futbolga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan sabab oilam deya olaman. Boisi, otam havaskor futbolchi sifatida to‘p surgan bo‘lsa, mendan to‘rt yosh katta akam futbolda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan va futbol maktabida ancha iste’dodli hujumchi sifatida tanilgan edi. Uning o‘yinlariga hafas qilar edim. Meni to‘rt yoshimda Bolalar va O‘smirlar sport maktabiga (BO‘SM) olib borishgan. Mening birinchi murabbiyim Sergey Mixaylovich Kovalev bo‘lgan. Futboldagi ilk bilimlarimni aynan shu insondan o‘rganganman. Hozir ham, ilk murabbiyim bilan aloqalarimiz yaxshi".

Menga frantsuzlar Zinedin Zidan hamda MishelSh Platinining o‘yinlari yoqar edi. Ular namoyish etadigan o‘yin ixlosmandi edim. Ammo, futboldagi kumirim akam bo‘lgan. Har doim uningdek futbolchi bo‘lishga intilganman..

Evropa Chempionlar Ligasida gol urgan ilk osiyolik futbolchi

Evropa Chempionlar Ligasi umuman boshqa dunyo, boshqa turnir. Bu turnirda o‘ynash sharaf. Bu gimn, atmosfera. Bularni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Buni his qilib ko‘rish kerak.

Faoliyatidagi eng esda qolarli gollar haqida

Butun professional faoliyatim davomida kiritgan har bir gol men uchun qadrli. Esimda qolgan va men uchun qadrli bo‘lgan gollar ko‘p. Ammo, bir golning qadri men uchun juda baland. Bu, Evropa Chempionlar Ligasi (2002-2003 yilgi mavsum) doirasida o‘z maydonimizda "NShyukasl" darvozasiga kiritgan golim.

O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi har bir o‘yin qadri

"O‘zbekistonda tug‘ildim va shu erda ulg‘aydim. Bu mening vatanim. Aynan u menga hayotga yo‘llanma bergan. Men O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaganimdan faxrlanaman. Ishontirib aytamanki, O‘zbekiston terma jamoasi libosida o‘tkazgan har bir o‘yinda butun borimni berib o‘ynaganman. Terma jamoa safida o‘tkazgan har bir o‘yin men uchun qadrli va har bir o‘yinda professional burchimni sidqidildan, bor mehrim bilan ado etganman. Albatta, terma jamoam bilan Jahon chempionatiga chiqa olmaganimdan biroz hafaman. Ammo, muxlislarning senga bo‘lgan xurmati va muxabbati undan ham qadrli. Muxlislarning seni qadrlashi va yaxshi ko‘rishlari har bir futbolchi uchun eng katta yutuq. Ukraina esa, mening ikkinchi vatanim. Professinal futbolchi sifatida tanilishimda bu erdagi faoliyatim eng katta rolSh o‘ynagan. Bu erda oilam va uyim bor. “Dinamo” safida 10 yil to‘p surdim va bu katta baxt. “Dinamo” katta oila. Katta futbolda uzoq vaqt qolishning siri esa, mexnat. Boshqa bo‘lishi mumkin emas."

Ma’lumot uchun: Maksim Shatskix O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi – 61ta o‘yin, 34ta gol.

Ukraina chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar nomi ham aynan Maksim Shatskixga tegishgli. U Ukraina chempionatlarida 124ta gol kiritib Sergey Rebrovning rekordini yangiladi.

O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini 2014 yilning 29 may kuni Toshkentda Ummonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng yakunlagan.

2003 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida uchinchi, 2005 yilda esa, ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Evropa Chempionlar Ligasida gol kiritgan ilk Osiyolik futbolchi.

To‘rta marotaba O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan – 2003, 2005, 2006 hamda 2007 yillar

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar