Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Rio-2016. 19 avgust. O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi musobaqalar taqvimi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 276
Rio-2016. 19 avgust. O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi musobaqalar taqvimi

XXXI yozli olimpiya o‘yinlari nihoyasiga etib bormoqda. Yana 3 kunlik musobaqalardan so‘ng Rio-2016 bilan xayrlashamiz. Bugun esa birdaniga 9 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etadi.
Kanoe, erkaklar, ikkilik, 1000 metr.
Gerasim Kochnev va Serik Mirbekovdan iborat juftlik 1000 metrga kanoe bahslarida ishtirok etishadi. Bugun saralash va yarim final, ertaga esa final musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Saralash bahslari 17:29da, yarim final esa 18:21da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Gerasim Kochnev yakkalikda ishtirok etib, finalga chiqdi va finishga 7-o‘rinda etib kelgandi.

Erkin kurash, 57 kg.
Bugundan erkaklar o‘rtasida erkin kurash musobaqalari boshlanadi. Ikki nafar hamyurtimiz Rio-de-Janeyro gilamiga chiqadilar. 57 kg. vaznda Abbos Rahmonov qur’aga ko‘ra ilk bosqichda Yovlis Bonne Rodriges (Kuba)ga qarshi bellashadi.
74 kilo vazndagi kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov esa chorak final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Aniuar Geduevga qarshi bahs olib boradi. Saralash bahslari 18:00da boshlanadi.
Badiiy gimnastika
Anastasiya Serdyukova badiiy gimnastikaning yakkalik bahslarida ishtirok etadi. Hamyurtimiz ko‘pkurash — xalqa, to‘p, bulava va lentada mashqlarni bajaradi. Serdyukova kerakli ochkolarni jamg‘arib, kuchli sakkizlikka kirsa, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Saralash bahslari 18:20dan boshlab start oladi.
Taekvondo
Bugun ikki nafar taekvondochimiz Rio-de-Janeyro dayaniga chiqadi. Ayollar o‘rtasida 67 kg.gacha bo‘lgan vaznda Braziliyaga tashrif buyurgan Nigora Tursunqulova nimchorak finalda shvetsiyalik sportchi ElShvin Yoxanssonga qarshi bahs olib boradi. Evropalik taekvondochi bu vaznda 2-reytingga ega. Nigoraning dastlabki bahsi 19:00da boshlanadi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida 80 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Nikita Rafalovich saralashni tunislik Ussama Ueslatiyga qarshi jang bilan boshlaydi. Hamyurtimizning bu bellashuvi 19:45da boshlanadi.
Boks
Bugun yana ikki nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun o‘z janglarini o‘tkazadi.
22:00. 52 kg. Shahobiddin Zoirov — Yoel Segundo Finol (Venesuela)
22:30. 64 kg. Fazliddin G‘oibnazarov — Vitaliy Dunaytsev (Rossiya)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar