Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

Shahram G‘iyosovning bobosi: "G‘urur, Vatan mehri – yutuqlar asosi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 136
Shahram G‘iyosovning bobosi: "G‘urur, Vatan mehri – yutuqlar asosi"

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi yangi nomlar raqam qilinsa, ro‘yxatning boshidan Shahram G‘iyosov ham o‘rin olishi aniq.
Bokschimiz vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida ispaniyalik Youba Sissokoni mag‘lub etgach, litvalik Evropa chempioni Eymantas Stanionisga ro‘baro‘ keldi. O‘zbek bokschisining imkoniyatlarini chamalamaslik bu raqibga ham pand berdi. Shundan so‘ng tajribali murabbiylar shogirdlarini Shahramga jiddiy e’tibor qaratish haqida ogoh eta boshladi. Aslida, bu sportchilar dunyoning ko‘plab ringlarini, olqishlar larzasi titragan ulkan manejlarni ko‘rgan va eng zo‘rlar sifatida tan olingan. Chorak finaldagi raqibi kubaliklar faxri RonielSh Iglesias – Pekin olimpiadasi sovrindori, 2009 yilgi jahon chempionati oltin medali sohibi, London olimpiadasi g‘olibi. Mutaxassislar lolu hayron. Shahram shunday dovruqli ring ustasini katta ustunlik bilan engib, yarim finalga chiqdi.
Bu bosqichda hamyurtimizga oltin medalga asosiy da’vogar, amaldagi jahon chempioni marokashlik Muhammad Rabii yuzma-yuz bo‘ldi. Odatda, yirik musobaqada ilk bor qatnashayotgan ba’zi sportchilar mashhur raqibi nomini eshitiboq o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bizning Shahram ular toifasidan emas. Uning qarshisidagi har qanday chempion shunchaki, oddiy raqib, xolos. Demak, engish mumkin. Bokschimiz Muhammad Rabiini mag‘lub etdi.
Uncha-muncha raqibni nazarga ilmaydigan bokschilarni o‘ziga ta’zim qilishga majbur etgan Shahramning kuchi nimada? Albatta, mahoratda. U o‘ziga xos taktika va texnikaga ega. Ko‘p hollarda ringda qo‘lini tushirgan holda harakat qiladi. Bunday paytda tabiiyki, raqib unga shiddat bilan otiladi. Ayni shu holat raqibni qopqonga ilintiradi. Bokschimiz raqibga oyoq va gavda harakatlari bilan chap bergan holda tinimsiz zarbalar yog‘diradi. Chekinish zarur bo‘lganda, shunchaki ortga surilmaydi, balki kutilmaganda zarba yo‘llab raqibdan uzoqlashadi. Har qanday bokschi ham bunday paytda avvaldan tayyorlagan rejasi va taktikasini ishga sololmaydi.
Shahramning otasi Jamshid G‘iyosov ham boks bilan shug‘ullangan. Sport ustaligiga nomzod. 12 yoshli Shahramning qiziqishini ilg‘ab, Buxoro shahridagi ixtisoslashtirilgan sport maktab-internatiga olib borganida o‘g‘lining kelajakda katta bokschi bo‘lishiga ishongan.
Orzular ushalishi muhit va imkoniyatlar bilan uyg‘un. Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadigan sportni rivojlantirish, Vatan sharafini xalqaro musobaqalarda ulug‘laydigan iste’dodlarni voyaga etkazishga alohida e’tibor qaratilib, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani o‘z samarasini berayotir.
– Men Shahramdan etti yil avval Buxoro shahridagi ixtisoslashtirilgan sport maktab-internatida ta’lim olganman, – deydi ikki karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, hozirda viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Abbos Atoev. – Mening yutuqlarimda taniqli murabbiylardan biri Olim Muhamedovning xizmati katta. Shahram ham shu mutaxassisning kashfiyotlaridan. Keyinchalik Shahram Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida tarbiyalandi. Braziliyada o‘tayotgan yozgi Olimpiadada 52 kilogrammgacha vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov ham boks sirlarini olimpiya zaxiralari kollejida Olim akadan o‘rgangan.
17 avgust tunida G‘iyosovlar uyi gavjum bo‘ldi. Hovlining o‘rtasida o‘rnatilgan monitorda Shahramning final jangini tomosha qilish uchun qo‘ni-qo‘shnilar, murabbiylar to‘plandi. Aytish joiz, uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Ammo internet xabarlarida tarqatilishicha, musobaqadan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Shahramning o‘zi ta’kidlaganidek, omad raqib tomonida bo‘ldi.
Xonadon sohiblari va mehmonlar bilan birga musobaqani kuzatgan viloyat hokimi M.Esonov ota-onasi va yaqinlarini Shahramning Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.
Shahramning bobosi 76 yoshli Abdulla ota G‘iyosov ham yoshligida sport bilan shug‘ullangan.
– Mustaqillikni qo‘lga kiritgach, O‘zbekistonimizdek jadal rivojlangan, yoshlari turli sohalarda jahon miqyosida tez tilga tushgan mamlakatlar juda kam, – deydi otaxon. – Braziliyadagi Olimpiadani oling. Rishod polvonimiz qatorasiga uchinchi bor sovrindor bo‘ldi. Nevaram Shahram kumush medalSh oldi. Andijonlik Hasanboy Do‘stmatov chempion bo‘ldi. Shtangachi Ruslan hammani qoyil qoldirdi. Bir yo‘la Olimpiada rekordini ham yangilab qo‘ya qoldi. Er yigitlar shunday bo‘ladi. Hali termamizda sovrindorlikni naqd qilib qo‘yganlar bir nechta. Xullas, sportchilarimiz mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a hozirlashdi. Bularning barchasi Prezidentimizning uzoqni ko‘zlab yuritayotgan oqilona siyosati samarasidir. Sportchi erishgan yutuqlar faqat mahorat va iroda mevasi emas. Unda, aytaylik, bokschining vatanparvarligi ham mujassam. Bu tuyg‘u yurakda bo‘ladi. Shahramni ko‘p kuzatganman. U har gal raqibi ustidan g‘alaba qozonganida kiyimining ko‘krak tomonida naqshlangan timsol – mo‘’jazgina O‘zbekiston bayrog‘ini o‘padi, ko‘ziga surtadi, shu timsolga mansub yurtdan ekaniga ishora qiladi-da. G‘urur va iftixor deganlari shu asli. G‘ururli insonning yuragida Vatan mehri bor.
Bobo haq. Endigina 23 yoshni qarshilagan Shahram G‘iyosovning g‘ururlanadigan yutuqlari hali oldinda. Mustaqillik farzandi bo‘lgan bunday yoshlarimiz hali bizni ko‘p xursand qiladi. O‘zbekistonimiz nomini yana ko‘p bor sharaflarga burkaydi.
Olimpiada kumush medali sovrindori Shahram Buxoro shahrining Muhammad Narshaxiy nomi bilan ataluvchi mahallasida yashaydi. Buyuk muarrix o‘zining “Buxoro tarixi” kitobida yurtimiz o‘tmishi nihoyatda qadimiy ekani, bu erda har tomonlama ibrat olsa bo‘ladigan insonlar istiqomat qilishini yozgan. Zamondoshlarimiz, jumladan, Shahram singari sportchilarimiz mustaqillik davri tarixi sahifalarini yana ming yillarga tatiydigan zarhal harflar bilan bitmoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar