Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

"Qo‘qon-1912" yoshlari yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 153
"Qo‘qon-1912" yoshlari yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi

Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘rinbosarlari 19-turda ham mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishdi.

“Buxoro”ga qarshi o‘yinni juda bo‘sh o‘tkazgan vakillarimiz raqibda 4:0 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida hisob ochildi. Feruz Mo‘minov o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozamizga aniq joyladi – 1:0.

Shundan keyin jamoamiz a’zolarida ham raqib darvozasini ishg‘ol etish imkoniyati vujudga kelgandi. Ammo Muhammadanas Hasanov boshlagan hujumni Baxtiyor Abdubannonov yakunlay olmadi.

22 – daqiqa mezbonlar ikkinchi golni kiritishdi. Bu safar Mirfayz Muhiddinov aniq zarba berdi – 2:0.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Shohruh Xolmatov to‘pni jarima maydonimiz ichida darvozabonga uzatdi. Aziz Ashurov ilojsiz to‘pni ushlab oldi. Taxminan 4 metrdan erkin zarbasi belgilandi. Xayriyatki, mezbonlar unumli foydalana olishmadi.

Abror Raxmonovning yana bir aniq zarbasi, darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Qaytgan to‘pga hujumchilarimiz etib kela olishmadi.

O‘yinning birinchi taymi shu hisobda yakunlandi.

46-daqiqada buxoroliklar yana bitta to‘p kiritishdi – 3:0.

Goldan keyin o‘rinbosarlarimiz katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Ana shunda hujumlarning birida Doston Meliqo‘zievning boshi bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. Muhammadanas Hasanovning jarima zarbasi chiroyli chiqdi, lekin biroz yuqoridan ketdi.

Ikkinchi taymning qolgan daqiqalarida mezbonlar yana uch marta davrozamizga to‘p kiritib, yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Yoshlar ligasi. 19-tur

“Buxoro” – “Qo‘qon-1912” – 6:0 (2:0)

Gollar: Feruz Mo‘inov 10, Mirfayz Muhiddinov 20, Jamoliddin Ubaydullaev 46, Elshod Dilmurodov 71, Nodir Davlatov 74, Islom Xoliqov 87.

“Buxoro”: Muhiddin Xudoyorov, Mirjamol Jumaev, Mo‘minjon Umarov, Narimon Hasanov, Islom Xoliqov, Bekzod Idiev, Mirfayz Muhiddinov, Sardor Sulaymonov, Jamoliddin Ubaydullaev, Shuhrat Salimov, Feruz Mo‘inov.

Zaxira: Shohjahon Nasimov, Nozim Umurov, Nodir Davlatov, Jahongir Xayriev, Elshod Dilmurodov, Saiddoston Farhodov, M.Timurov.

“Qo‘qon-1912”: 1. Aziz Ashurov, 27. Ismoil Oxunjonov, 4. Shohruh Xolmatov, 18. Baxtiyor Abdubannonov, 19. Sardor Isaqov, 6. Iqror Rahimov, 10. Abror Rahmonov, 22. Muhammadanas Hasanov, 9. Doston Meliqo‘ziev, 17. Aziz To‘xtaboev, 23. Baxtiyor Musurmonov.

Zaxira: 1. R Matniyazov, 14. Iskandar Alimboev, 15. MaShruf Zokirjonov, 28. Mirto‘ra Akbarov, 88. Shahzod Ergashev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar