Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

Yoshlar ligasi. “Nasaf” – “Paxtakor” 2:2

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 107
Yoshlar ligasi. “Nasaf” – “Paxtakor” 2:2

Yoshlar ligasi 19-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Paxtakor” jamoalarining o‘rinbosarlari o‘zaro kuch sinashishdi.

Uchrashuv juda qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechdi. O‘yindagi hisob 3-daqiqada o‘rinbosarlarimiz tomonidan ochildi. Hakam tomonidan “Paxtakor” yoshlari darvozasiga belgilangan penalShtini Dilshod Xushbakov bexato amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0.

Bu goldan so‘ng maydonda o‘yin yanada shiddatli kechdi. Jamoalar imkon paydo bo‘lgandan oldinga tashlanishdi. O‘yin ana shunday davom etayotgan bir paytda, ya’ni dastlabki bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar oradagi hisobni tenglashtirishga erishdilar. Abbos Otaxonovning jarima maydoniga oshirib bergan to‘pini Sobit Sindorov to‘xtatmasdan davroazaga aniq yo‘lladi – 1:1.
Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim ham kurashlarga boy va murosasiz kechdi. Murabbiylar tarkibda bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshirishdi, bu ham o‘yin sur’atiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Uchrashuv birinchi bo‘limi yakunlanishiga besh daqiqa qolganda jamoamiz yana hisobda oldinga o‘tib oldi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Maqsud Karimov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi – 2:1.

Ushbu goldan so‘ng “Paxtakor” yoshlari hisobni tenglashtirish uchun bor kuchlari harakat qilishdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida ular bari-bir o‘z niyatlariga erishdilar. Hakam tomonidan darvozamiz tomon belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini Temur Tolipov aniq amalga oshirdi va hisobni 2:2ga o‘zgartirdi.

Uchrashuv ana shu hisobda o‘z yakuniga etdi. Yoshlarimiz navbatdagi uchrashuvni 25 avgust kuni safarda “Qo‘qon-1912” yoshlariga qarshi o‘tkazishadi.

Yoshlar ligasi, 19-tur.
“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 2:2 (1:1)
18.08.2016. “Nasaf” yoshlari qarorgohi maydoni. 17:30da
Bosh hakam: Axrol Risqullaev (Toshkent)
Hakamlar: Artyom Kalinin (Qarshi), Zufar Eliboev (Qarshi), Komiljon Rasulov (Qarshi).
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent).
Gol: Dilshod Xushbakov (pen.), 3’-1:0, Maqsud Karimov, 85’-2:1 – Sobit Sindarov, 41’- 1:1, Temur Tolipov (pen.), 88’-2:2

“Nasaf”: 30.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov 5.Rahimbek Javliev, 6.Sirojiddin Qo‘ziev (38.Jahongir Qurbonboev 54) , 7.Akbar Murodov, 16.Dilshod Xushbakov, 18.Akmaljon Alimov, 22.Islom Kenjaboev, 28.Sardor Sadullaev (10.Alfayzi Ne’matov 70), 36.Akmal Mozgovoy (34.Ilhomjon Alijonov 81), 41.Najmiddin Normurodov (s).
Zaxira: 13.Muzaffar Sharipov, 14.Dostonbek Berdiqulov, 15.Abbos Baxshillaev, 32.Abdulaziz Nishonboev.
“Paxtakor”: 50.Umidjon Hamroev, 5.Xushnudbek Avilov, 6.Abbos Otaxonov (29.Saveliy Abramov 46), 7.Akobir To‘raev (8.Doniyor Hoshimov 67), 15.Azimjon Axmedov (4.Ibrohim Yo‘ldoshev 80), 18.Ravshan Xursanov (10.Suxrob Nurullaev 46), 19.Temur Tolipov, 23.Davron Hoshimov, 26.Hojiakbar Alijonov, 34.Sobit Sindorov (22.Grigoryan Axmedov 86), 38.Jamshid Yusupov (21.Bexro‘z Sadilloev 52).
Zaxira: 30.Botirali Ergashev.
Ogohlantirish: Akbar Murodov 69, Rahimbek Javliev 86, Umidjon Ergashev 87, Rahimbek Javliev 87, Jahongir Qurbonboev 90 – Jamshid Yusupov 37, Sobit Sindorov 73, Doniyor Hoshimov 90.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar