Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

"Navbahor" yoshlari uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 56
"Navbahor" yoshlari uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi

Yoshlar birinchiligining navbatdagi turida Muborakning “Mash’al” jamoasi yoshlarini qabul qilgan yoshlarimiz ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Futbolchilarimiz bahsning debyut qismidayoq raqib darvozasini ikki bor nishonga olib, g‘alaba bo‘lgan ishonchni ortishiga zamin yaratishdi. Dastlab Turg‘unboevning to‘p oshirishidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan G‘ayrat Jo‘raevning dastlabki zarbasini darvoza ustuni qaytarib qoldi. Jo‘raevning takroriy zarbasi esa aniq bo‘ldi. 20-daqiqaga kelib, Jo‘raevning o‘zi “dublSh”ni rasmiylashtirdi.

Ilk bora “Navbahor” safida maydonga tushgan rossiyalik futbolchi Dordji Sangadjievga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penalShtini G‘ayrat aniq amalga oshirdi – 2:0. Ikkinchi golga qadar mehmonlarda hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. Ammo, darvozabonimiz Maradona Safarov bilan yakkama-yakka vaziyatda mahoratini namoyish etib, golga imkon bermadi.

Birinchi bo‘limning dastlabki yarmida ikkita golga mualliflik qilgan Jo‘raev tanaffusga qadar nafaqat “xet-trik” balki “poker”ni ham nishonlashi mumkin edi. Ammo, G‘ayrat ikkita vaziyatda raqib darvozasini nishonga ola bilmadi. Birinchi bo‘lim yakuniy qismida jamoalarda bir martadan gol urish uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgandi. Dastlab Mamatxonov Hamdamovning 22 metrlardan tepgan to‘pini maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurgan bo‘lsa Azizbek Turg‘unboev raqib posboni bilan bo‘lgan “uchrashuv”da aniq zarba yo‘llay olmadi.

Ikkinchi bo‘limni “Mash’al” futbolchilari ancha faol boshlashdi. Bu hol tez orada hisobdagi farqni qisqarishiga olib keldi. Zaxiradan maydonga tushgan Siroj Meliev muborakliklarning qarshi hujumini samarali tarzda yakunladi. Mehmonlar keyingi vaqt davomida ham gol urish uchun yaxshigina imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo, darvozabon va himoyachilarimiz “gazchi”larning urinishlarini samarasiz ketishiga sababchi bo‘lishdi. 69-daqiqada ikkinchi bor raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Azizbek Turg‘unboev bu safar xatolikka yo‘l qo‘ymadi va hisobdagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.

Uchrashuvning keyingi vaqti davomida jamoalarda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lsada, ularning hech biri gol bilan yakunlanmadi. 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan yoshlarimiz musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi.

“Navbahor” – “Mash’al” - 3:1 (2:0). 18 avgust. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
Hakamlar: Olim To‘ychiboev, Rifat Odilov, Abdurahim Jabbarov, A’zam Rajabbaev.
Nazoratchi – Dmitriy Roman.
“Navbahor”: 1. Mirzohid Mamatxanov, 2. Azizbek Mamazayitov, 4. Bilol Sharofiddinov (9. Islom Abduqodirov, 60), 5. Hojiakbar Yunusov, 7. Dordji Sangadjiev (6. Alisher Ziyoviddinov, 46), 8. Bosit Rahimov (11. Akbarsho Rashidxonov, 67), 15. Javohir Olimjonov, 17. Azizbek Turg‘unboev (72. Ibrohim Ismoilov, 88) 18. G‘olibbek Karimov, 19. Shohjahon Abbosov (14. Vladislav Nuriev, 46), 20. G‘ayrat Jo‘raev (10. Ilhom Aliboev, 81).
“Mash’al”: 12. Shohruh Eshbo‘taev, 3. Temir Mamatov, 7. Tursunmurod Hamdamov (24. Jonibek Mirzaqulov, 75), 16. Maradona Safarov, 18. Bekzod Tursunov, 22. Siroj Hamroev, 23. Bobur Iskandarov, 25. Shohjahon Qilichev (26. Andrey Derkach, 46), 47. Muni Mirmuhsin Yusupov (93. Siroj Meliev, 46), 70. G‘ulom-Haydar G‘ulomov (17. Dilyaver Abibullaev, 46), 90. Zafar To‘raev (9. Jasur Qurbonov, 46).
Gollar: G‘.Jo‘raev (5, 20-pen.), A.Turg‘unboev (69) - S.Meliev (49).
Ogohlantirishlar: D.Sangadjiev (41), G‘.Karimov (64), B.Rahimov (67), V.Nuriev (90) - T.Mamatov (13).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar