Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

Istiqlolning «oltin» o‘g‘lonlari!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83
Istiqlolning «oltin» o‘g‘lonlari!

O‘zbekistonda tong otmoqda. Sahovatli quyosh zarrin nurlarini ulashish uchun uyg‘onyapti. Vujudimda g‘urur jo‘sh ura boshlaydi. Hayajon uyg‘onadi. Iftixor tuyg‘ulari qamraydi.Quvonchlisi, men yolg‘iz emasman.

Bunday ulug‘vor tuyg‘ular millionlab hamyurtlarimizning qalbida kurtak yozyapti. Bu baxtiyorlik hissini oltmish ming chaqirim uzoqlikda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan sportchilarimiz bahsh etmoqda!

Eng yaxshi ko‘rsatkich


Olimpiada – sportchilar talpinadigan musobaqa. Ulkan orzu. O‘zini professional deb hisoblagan borki, ich-ichidan sport olamining eng yirik turnirida kuchini sinab ko‘rishga oshiqadi. Demak, to‘rt yillikning nufuzli musobaqasida shohsupaga ko‘tarilish olamshumul voqea. Shak-shuvhasiz, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, sovrindorlari qatorida o‘zbek sportchilarining borligi sportga oshno qalblarni quvonchga to‘ldiradi. Asr avvalida Muhammadqodir Abdullaev tomonidan qayd etilgan natijani o‘n olti yil o‘tib takrorlagan Hasanboy Do‘stmatov dunyoda tengsiz ekanini isbotlab, terma jamoamiz hisobiga ilk oltin medalni olib keldi. Har qanday turnir oldidan avval madhiyamizni kuylab, keyin kurashga kirishishni odat tusiga aylantirgan Ruslan Nuriddinov ham ishonchni oqlab, chempionlikka erishdi. Bundan tashqari, tajribali bokschi Rustam To‘laganov, dzyudochilar Rishod Sobirov va Diyorbek O‘razboev, yunon-rum kurashi ustasi Elmurot Tasmurodovlar o‘z yo‘nalishlarida sayyoramizning uchinchi sportchisiga aylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiya o‘yinlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Istiqlolning «oltin» o‘g‘lonlari!

“Yaxshimi?”

Final. Tanaffus. Murabbiy ko‘rsatmalar beryapti. Ustozining so‘zlarini tinglagan Hasanboy sekin so‘raydi: “Yaxshimi?”. Qanday harakat qilayotganiga qiziqadi bokschi. “Zo‘r, Hasanboy!”, deyman televizor qarshisida ovozim boricha. “Yashavor!”, deyman baralla. Jangni guvohi bo‘lgan yurtdoshimiz o‘sha so‘zlarni takrorlagan, ota-onasiga rahmatlar aytgan. Ota-ona uchun esa farzandining kamolini ko‘rishdan ortiq baxt yo‘q. Farzandi arjumandining har bir yutug‘i bu fidoyi zotlarning ko‘ksini tog‘dek ko‘taradi. – 2000 yili Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir Abdullaev oltin medalni qo‘lga kiritganda chin dildan quvongan, unga, uning ota-onasiga havas qilgan edim. Qani edi, mening o‘g‘lim ham yurtini shunday sharaflarga burkasa, deb orzu qilgan edim, – deydi Hasanboy Do‘stmatovning otasi Ma’rufjon Hayitboev. — O‘g‘limning Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasi uni voyaga etkazgan, tarbiyalagan, iste’dodini yuzaga chiqargan mustaqil O‘zbekiston g‘alabasidir”. Ha, Ma’rufjon aka haq gapni aytdilar. Hasanboyning g‘alabasini butun xalqimiz o‘z g‘alabasidek kutib oldi. Boks musobaqalari o‘tkazilayotgan o‘sha sport majmuasida turib olqishlagandek olqishladi!

Olimpiada rekordi va chempionlik!

Insonga Vatan – dunyoga keltirgan mehribon ona qadar, jigarporasi qadar ardoqli. Vatanga xizmat qilish ham, bor ongu shuurni-yu bilakdagi kuchni o‘z eli istiqboli yo‘lida sarf etish ham – buyuk sharaf! Og‘ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov ham sport ixlosmandlari bildirgan ishonchi to‘la-to‘kis oqladi. U bugungi kunda vazni bo‘yicha dunyoda etakchi ekanini isbotaladi. Olimpiada chempionligini 14 kilogramm (!) farq evaziga, Olimpiya rekordini yangilagan holda qo‘lga kiritdi. O‘n to‘rt kilogramm – katta tavofut. Odatda, musobaqalarda birinchi va ikkinchi o‘rin o‘rtasida farq uzog‘i besh kilogrammgacha etadi. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Tomash Ayanning ta’biri bilan aytganda, “haqiqiy mo‘’jiza”. Bu natija atletnida hayajonga solgani rost: “Qalbimda kechayotgan his-tuyg‘ularni ta’riflab berolmayman. Bu barcha yurtdoshlarimizning g‘alabasi”. Chempionlik toshini “bo‘ysundirgan” Ruslanning qalbida mavjlangan tuyg‘ularni biz ham his qilganimiz haqiqat. Duv-duv to‘kilgan quvonch ko‘z yoshlariga sherik bo‘lganimiz ham.

Istiqlolning «oltin» o‘g‘lonlari!

Munosib javob!

Ko‘zlar hech qachon aldamaydi. Sportchilarimizning ko‘zlariga boqing! Ko‘zlari yonib turibdi! Qalb gavharida ishonchni, ishtiyoqni ko‘rasiz. Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimizni faqat g‘oliblik birlashtirib turmaydi. Ular – istiqlol farzandlari! Ular – mustaqillik tengdoshlari! Ozod va obod yurtda tug‘ilib, voyaga etgan avlod! Sog‘lom muhitda ulg‘aygan, kamol topgan jismonan,aqlan salohiyatli avlod! Bu – baxt, aynan istiqlol bergan baxt! Bu yigirma besh yil oldin qo‘yilgan tamal toshiga yoshlarning munosib javobi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston – buyuk siymolarni voyaga etkazgan zamin! Ona tuproq ulkan tarixni ko‘rgan, moziyning ne-ne sinoatlariga guvoh bo‘lgan. Ushbu tasavvurlar tariximizdan kuch olib, nurli kelajakka yuz ochgan, ochayotgan vatanimizning bugungi qiyofasidan tug‘ilgan cheksiz taassurotlar bilan uyg‘unlashib ketadi. O‘zbek sportchilarining natijalarini hayrat og‘ushida kuzatayotgan insonlarga qarata “bu mening hamyurtim, bu mening Vatandoshim”, deya maqtanging kelaveradi!

Ulug‘bek RAHMONQULOV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar