Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

Shahram Giyasov: "Men O‘zbekiston farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman "

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 443
Shahram Giyasov: "Men O‘zbekiston farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman "

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bugun aksariyat yurtdoshlarimizning diqqat e’tiborlari boks musobaqalariga qaratildi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bugun vazni 69 kg.gacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qilgan Shahram Giyasov hal qiluvchi final bahsida ringga ko‘tarilgan bo‘lsa, yana bir bokschimiz Shaxobiddin Zoirov (-52 kg) yarim final yo‘llanmasi uchun bahs yuritdi.
Avvalo shuni ta’kidlash joizki, har ikki bokschimiz ham biri-biridan ajoyib janglarni o‘tkazib, muxlisu- mutaxassislarning olqishlariga sazovor bo‘ldilar. Final uchrashuviga qadar, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi hamda jahon chempionlarini mag‘lub etgan Shahram Giyasovga hal qiluvchi final bahsida ham jahon chempioniga ro‘baro‘ keldi. Yosh bo‘lishiga qaramay nomdor raqiblarini katta ustunlik bilan enggan Shahram, final jangida ham jasorat va matonat namunalarini namoyon etdi. Umidli bokschimiz garchi yakunda kumush medalSh sovrindori bo‘lgan bo‘lsada, haqiqiy iste’dod sohibi ekanligini yana bir bora isbotladi.
“Bu men uchun birinchi Olimpiya o‘yinlari va faoliyatimdagi ilk Olimpiadada kumush medalSh sovrindori bo‘lganimdan juda ham xursandman. O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, finalga qadar o‘ta jiddiy raqiblariga to‘qnash keldim. Ayniqsa, chorak finaldagi jang men uchun o‘ta og‘ir kechdi. Aslida, Olimpiya o‘yinlarida kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi va shu bois raqiblarimni qanchalar nomdor bo‘lganliklariga e’tibor bermay, sovrinli o‘rinlarni band etib, Vatanimiz Mustaqilligining 25 yilligiga o‘ziga xos sovg‘a hozirlashni dilimga tugdim. Bugun niyatlarim ijobat bo‘ldi. Men O‘zbekiston farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman hamda ozod va obod Vatanim sha’nini munosib himoya qilish uchun bor kuch va imkoniyatimni safarbar qilaman. Fursatdan foydalanib, eng avvalo biz sportchilarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun Davlatimiz va xukumatimiz rahbarlariga, shuningdek, ota-onam, ustozlarim, bizga muhlislik qilayotgan barcha-barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu barchamizning yutug‘imiz”, - dedi Shahram Giyasov taqdirlash marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Shahram Giyasovga qadar ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirovga ham chorak finalda o‘ta jiddiy raqib, amaldagi jahon chempioni, ushbu vazn toifasida birinchi raqam ostida saralangan ozarboyjonlik Elvin Mamishzoda ro‘baro keldi.
E’tiborlisi, mazkur jangga qadar Irlandiya va AQSh terma jamoalari a’zolarini mag‘lub etgan Shahobiddin yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda ham butun uchrashuvni xujumkor ruxda o‘tkazib, haqli ravishda g‘alabaga erishdi.
Endi Shahobiddin 19 avgust kuni final yo‘llanmasi uchun kechadigan jangda venesuelalik bokschi bilan bahs yuritadi. Janubiy Amerikalik bokschi bugun bo‘lib o‘tgan chorak final bahsida jazoirlik Muhammad Flissini engishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunday qilib, Olimpiya o‘yinlarining 12 kuni yakuniga ko‘ra delegatsiyamiz hisobida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalSh mavjud bo‘lib, hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 25-o‘rinda borishmoqda. Sportchilarimizga navbatdagi bahslarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.
Shavkat Jalilov Anvar IlShyasov Rio-de-Janeyro shahridan tayyorlandi Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar