Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 44
Bugun futbol. "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona"

Bugun bo‘lib o‘tadigan uchta o‘yin bilan oliy liganing 19-tur bahslariga start beriladi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.

Oliy liga, 19-tur. 18 avgust

"Lokomotiv" - "So‘g‘diyona"

Bosh hakam: Temur To‘xtasinov

Boshlanish vaqti: 19:00

Turnir jadvalidagi o‘rni: "Lokomotiv" 1-o‘rinda (46 ochko), "So‘g‘diyona" 10-o‘rinda (20 ochko).

Ochkolar orasidagi farq - 26 ochko.

Ta’rif: O‘ziga yarasha qiziq kechishi kutilayotgan bahslardan biri. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan birinchi davra o‘yinida tomonlar 1:1 hisobini qayd etishgandi. Toshkentdagi uchrashuvda esa "Loko" g‘alaba qozonishga urinib ko‘radi. Ikkala jamoa safida ikki nafardan futbolchi bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Sariq kartokachlari soni to‘rttaga etgani bois "Loko" tarkibida Jeparov va Bikmaev, "So‘g‘diyona" safida Jiyamurodov bilan Robbim Hasanov maydonga tusha olishmaydi.

Fakt: O‘z maydonida 9ta uchrashuv o‘tkazgan "Lokomotiv" shundan sakkiztasida g‘alaba qozongan. Faqat bitta o‘yinda durang qayd etilgan. Jamoa uydagi bahslarda 25 ochko to‘plagan. To‘plar nisbati 25-3. "So‘g‘diyona" esa safarda 9ta o‘yinda maydonga tushib, shundan ikkitasida zafar quchgan. Jamoa safarda "Neftchi" va "Qo‘qon-1912"ni mag‘lubiyatga uchratgan. Shuningdek, bir marta durang o‘ynab, 6ta bellashuvda yutqazgan. To‘plar nisbati 8-15.

Eslatma: Kecha bo‘lib o‘tgan "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" Yoshlar ligasi bahsida "temiryo‘lchilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar