Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.08.2016

O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimovning litsenziyasi bilan Rio-2016 da qatnashgan Robson Konseysau Olimpiada chempioni bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimovning litsenziyasi bilan Rio-2016 da qatnashgan Robson Konseysau Olimpiada chempioni bo‘ldi

Olimpiadaning erkaklar o‘rtasidagi boks turnirida 10 ta vazn toifasi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston delegatsiyasi ularning har birida o‘z sportchisi bilan ishtirok etdi.

60 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Olimpiada turniriga o‘zbekistonlik ikki bokschi — Xurshid Tojiboev va Elnur Abduraimov yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Ammo Olimpiadaning boks reglamentiga ko‘ra bitta vazn toifasida har mamlakatning faqat bir sportchisi ishtirok etishi kerak. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi bunda tanlovni ishtirokchi mamlakat ixtiyorida qoldiradi.

O‘zbekiston tomoni 1989 yilda tavallud topgan Xurshid Tojiboevni tanladi. U Toshkent shahri mezbonlik qilgan AIBA Pro Boxing turnirida chempionlikni qo‘lga kiritib, Rio—2016 litsenziyasiga ega bo‘lgandi. 1994 yilda tug‘ilgan Elnur Abduraimov esa Qatarda o‘tgan Jahon Chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritib, olimpiya o‘yinlari uchun litsenziya yutib olgan.

Xurshid Tojiboev Olimpiadadagi ishtirokini chorak finalda yakunladi. Bu bosqichda braziliyalik Robson Konseysauga qarshi jang qilgan Tojiboev har uchala raundni ham boy berdi.

Braziliyalik charm qo‘lqop ustasi Olimpiadada Xurshid Tojiboevdan keyin yana ikki nafar raqib — kubalik Lasaro Alvares va frantsiyalik Sofyan Umiani mag‘lubiyatga uchratib, o‘z vatani mezbonlik qilgan Olimpiadaning oltin medaliga ega chiqdi.

Qayd etish joiz, 60 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida olimpiya chempioniga aylangan Robson Konseysau Rio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi ikki musobaqada ishtirok etib, har ikkalasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

Birinchi safar Robson Konseysau Toshkentdagi AIBA Pro Boxing turnirida qatnashib, unda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Xurshid Tojiboevning g‘alabasi bilan yakuniga o‘sha turnirda bu ikki sportchi o‘zaro to‘qnash kelmagan.

Braziliyalik bokschining ikkinchi muvaffaqiyatsiz turnirida o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov ishtirok etgan. Qatardagi Jahon Chempionatida Rio Olimpiadasining uchta litsenziyasi o‘ynalgandi. O‘zbekistonlik bokschi Jahon Chempionatining Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi uchinchi o‘rin uchun jangida braziliyalik Robson Konseysauga qarshi ringga chiqib, uni mag‘lub etgan edi.

O‘zbekiston tomoni Xurshid Tojiboev nomzodini ko‘rsatgani uchun, Elnur Abduraimovdan bo‘sh qolgan litsenziya Robson Konseysauga nasib qildi va braziliyalik sportchi Olimpiadaga yo‘l oldi. O‘z kuchi bilan olimpiya litsenziyalariga ega chiqa olmagan Robson Konseysau yakunda Rio—2016 oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar