Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Maykl Felps nima eydi? 23 karra Olimpiada chempionining parhezi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
Maykl Felps nima eydi? 23 karra Olimpiada chempionining parhezi

Dunyodagi eng mashhur suzish ustalaridan biri, 23 karra Olimpiya chempioni, amerikalik Maykl Felps o‘ziga xos parhez ishlab chiqqan. U iste’mol qiladigan kaloriyalar miqdori bir qarashda juda ko‘p tuyulishi mumkin, lekin, nima bo‘lganda ham, bu tartib unga ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritishga yordam bermoqda.

Maykl Felpsning ovqatlanishi va mashq qilishi haqida «Layfxaker» hikoya qiladi.

Parhez

2008 yilgi Pekin musobaqalaridan oldin Felps kuniga 12 ming kilokaloriya (bir martada — 4 ming kilokaloriya) iste’mol qilayotganini aytgan edi. Keyinchalik u biroz mubolag‘aga yo‘l qo‘yganini tan oldi, lekin asl sonlar ham mutaxassislarga juda ko‘p tuyuldi.

Sportchi kunini tuxumlik sendvichdan boshlardi — ushbu taom ichiga, shuningdek, qovurilgan piyoz, pishloqning bir necha turi va mayonez kirardi. Shundan so‘ng u shokoladli yupqaga o‘tar, protein zaxiralarini to‘ldirish uchun ishni frantsuzcha tostlar, yorma va beshta tuxumdan tayyorlangan quymoq bilan davom ettirardi.

Mayklning tushligi ichiga pishloq va dudlangan go‘sht solingan bir necha sendvich, energetik ichimlik va bir tovoq pastadan iborat bo‘lar edi.

Kechki taomga esa sportchi butun pitstsani va yarim kilogramm pastani eb qo‘yishi mumkin edi.

Bu parhez Mayklga 2008 yilgi Olimpiadada sakkizta medalSh yutishga etarli kuch berdi. Rioda uning natijasi biroz kamtarroq bo‘ldi, lekin shu ham ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Hozir uning nonushtasi bir chashka qahva, mevalar, bir tovoq suli yormasi hamda dudlangan go‘sht va pishloq solingan katta quymoqdan tashkil topadi. Tushlikka sportchi mitbol solingan katta sendvich, kechlikka esa donli taom, yog‘siz go‘sht va sabzavot iste’mol qilishni xush ko‘radi.

Mashg‘ulotlar

Suzish yugurish kabi ko‘p kaloriyani sarflamaydi, ammo Felps tanovuliga muvofiq mashq tartibini belgilab olgan. U har kuni 5–6 soat mashq qiladi. Tayyorgarlikning avjida u hovuzda kuniga 80 kilometr suzadi. Ba’zan bir kunda ikkita mashg‘ulot o‘tkazadi. Maykl suzibgina qolmay, maxsus mashqlarni bajaradi, qo‘shimcha uskunalardan — mashq kuraklari va suzish taxtalaridan foydalanadi.

Oxirgi paytlarda u hovuzdagi mashqlarga qo‘shimcha ravishda haftasiga uch marta (dushanba, chorshanba, juma kunlari) kuchga ishlamoqda. Felps asosan tortilish va qo‘l tayanchi mashqlarini bajaradi. Bu unga muskullar massasini o‘stirish va sabr-bardoshni oshirishda yordam beradi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar