Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Rio-2016. Boks. Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 168
Rio-2016. Boks. Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqdi!

O‘zbekistonlik ettinchi bokschi mamlakatimizga medalni taqdim etadigan bo‘ldi.
52 kg. vazn toifasida ishtirok etayotgan Shahobiddin Zoirov chorak finalda amaldagi Elvin Mamishzodani ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi. Ozarboyjonlik bokschi jang boshidan o‘z uslubida ring bo‘ylab qochib, qarshi hujumda ishlashga harakat qildi. Zoirov esa raqibni quvgan holda bo‘lsa ham ko‘proq zarbalar berishga harakat qildi va buni uddaladi. Birinchi raundda hakamlar Shahobiddinning ustunligini e’tirof etishdi.

Hisobda ortda borayotganini his qilgan Mamishzoda ikkinchi raundda hujumkor uslubga o‘tdi, ammo endi qarshi hujumda ko‘proq zarbalarni o‘tkazib yubordi. Uchinchi raundga kelib Elvin qiyin ahvolga tushib qoldi va u kontsentratsiyani to‘la yo‘qotdi. Hamyurtimiz raqibini ayadi shekilli, jangni nokautgacha olib bormadi. Yakuniy baholar — 30:27, 30:27, 30:27.

Shu tariqa, Rio-de-Janeyroga borgan 10 nafar bokschimizdan 7 nafari medallarga sazovor bo‘ladigan bo‘ldi. Yarim final bosqichiga faqatgina 3 bokschimiz chiqa olmadi, xolos.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni kamida 11tani tashkil qiladigan bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar