Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Nuriddinov Olimpiadadagi g‘alabadan so‘ng soqolini qirib tashladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 164
Nuriddinov Olimpiadadagi g‘alabadan so‘ng soqolini qirib tashladi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Braziliyada rekord o‘rnatgan olimpiya oltini sohibi Ruslan Nuriddinov qalin soqolini qirtishlab tashladi, deb xabar qilmoqda “Sputnik O`zbekiston”.

Sportchining o‘zi yangi imidj borasida shaxsan izoh bergani yo‘q. Ammo muxlislari Ruslanni soqol bilan ko‘rishga o‘rganib qolishgan. Shu bois, soqol sportchi uchun o‘ziga xos tumor vazifasini o‘tagan, shuning uchun u Olimpiada bahslari oldidan soqolini olmagan, deb fikr bildirayotganlar ham topilmoqda.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi ilk marotaba yangi imijda Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida tayyorlangan videomurojaatda namoyon bo‘lgan.

“Men o‘z g‘alabamni xalqimga, O‘zbekistonimga bag‘ishlayman, hammangizni sevaman, menga muxlislik qilganlaringiz uchun, qo‘llab-quvvatlaganlaringiz uchun minnatdorman. Qo‘llab-quvvatlaganlaringiz sezilib turdi, sportchi hayotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa ham aslida shu. Xalq mehridan ortig‘i bo‘lmaydi. Men barchangizni sevaman, men o‘z xalqimni sevaman, O‘zbekistonni sevaman. Oltin medalni Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlayman”, — deya ta’kidlagan Nuriddinov.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Nuriddinov vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan og‘ir atletika musobaqalarida ikkita urinishda 225 va 230 kg toshni ko‘tarib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. So‘nggi urinishda olimpiya rekordi hisoblangan 237 kg toshga buyurtma berildi va rekord o‘rnatildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar