Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

«Olimpiya ruhi»ning yorqin namunasi. Yugurish yo‘lakchasida yiqilgan 2 nafar engil atletikachi qiz haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 68
«Olimpiya ruhi»ning yorqin namunasi. Yugurish yo‘lakchasida yiqilgan 2 nafar engil atletikachi qiz haqida

Engil atletika bo‘yicha AQSh terma jamoasi a’zosi Ebbi D’Agostino yugurish yo‘lakchasiga yiqilgan Yangi zelandiyalik raqibi Nikki Xemblinga o‘rnidan turishga yordam berdi. Voqea 16 avgust kuni, Rio–2016 Olimpiadasining 5 000 metrga yugurish bahslarida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TJournal.

Xemblin amerikalik D’Agostinoning oyog‘i ostida yiqildi va raqibiga qoqilib, u ham yiqildi. AQSh vakilasi o‘z o‘rnidan darrov turib, Yangi zelandiyalik sportchiga turishga yordam berdi.

Yiqilish natijasida oyog‘ini shikastlagan D’Agostino yugurishni shu zahoti davom ettira olmadi va bu safar unga Xemblin yordam qo‘lini cho‘zdi.

Amerikalik engil atletikachi bir amallab finishga etib bordi va shundan so‘ng unga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Xemblin qanday qilib erga yiqilganini tushunmay qoldi. Jurnalistlar bilan suhbatda u amerikalik hamkasbi bilan tanish emasligini aytdi. Finishga etib kelganidan so‘ng Nikki Xemblin raqibasini quchoqlab, yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisaga munosabat bildirgan foydalanuvchilar voqea «Olimpiya ruhi» namunasi ekanini ta’kidladi. Har ikki sportchiga final bosqichida ishtirok etish uchun ruxsat berildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar