Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Vladimir Klichko revansh jangi shartlarini o‘zgartirishga uringani uchun Tayson FShyurini sudga beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 64
Vladimir Klichko revansh jangi shartlarini o‘zgartirishga uringani uchun Tayson FShyurini sudga beradi

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko superog‘ir vazn toifasida WBC va WBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni britaniyalik Tayson FShyurini revansh jangi shartlarini o‘zgartirishga uringani uchun sudga beradi. Bu haqda Klichko Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «TASS».

«Qadrli muxlislar. FShyuriga qarshi revansh jangiga oid so‘nggi xabarlarni sizlarga ma’lum qilaman. Afsuski, u jang uchun avvalroq imzolangan kelishuv shartlarini o‘zgartirishga urinmoqda va bu tinimsiz davom etadi. O‘z huquqlarimni himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga to‘g‘ri kelmoqda», – dedi Klichko.

Klichko va FShyuri o‘rtasidagi revansh jangi shu yilning 9 iyulSh kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo britaniyalik bokschi jarohat olgani uchun boshqa muddatga qoldirildi.

2015 yilning noyabrSh oyida Germaniyada o‘tkazilgan 12 raundlik jangda ochkolar bo‘yicha hakamlarning yakdil qarori bilan Tayson FShyuri Vladimir Klichko ustdan zafar quchgan hamda WBA, WBO va IBF titullarini qo‘lga kiritgandi. Keyinroq britaniyalik himoya jangini o‘tkazishdan bosh tortganligi uchun IBF kamaridan mahrum qilingandi.

28 yoshli Tayson FShyuri professional ringda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Uning hisobida 25 ta g‘alaba (shulardan 18 tasi nokaut bilan) mavjud. 40 yoshli Klichko professional faoliyati davomida 68 ta jang o‘tkazib, 64 tasida (shulardan 53 tasi nokaut bilan) zafar quchgan va 4 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar