Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Qahramon Aslanov maqolasi: «Yangi tajriba. Avtodebat»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99
Qahramon Aslanov maqolasi: «Yangi tajriba. Avtodebat»

POGBANING REKORD SUMMAGA SOTIB OLINIShI TO‘G‘RIMI?


YO‘Q!
Pol Pogbaning yuz milliondan ortiq baho evaziga sotib olinishi har tomondan qaraganda noto‘g‘ri, deb hisoblayman. Bir futbolchi transfer qiymati borasida rekord qo‘yar ekan, avvalo, unga dunyoning eng kuchlilaridan biri sifatida qarashga va boshqalar bilan taqqoslashga majburmiz.
Boshqa bir Pol, bir paytlar "Manchester Yunayted" safida Pogbaning o‘ynab ketishiga halaqit bergan Skoulz ushbu transfer haqida fikr bildirar ekan, "yuz millionga olinadigan futbolchi bir o‘zi bir jamoani yangi darajaga olib chiqa oladigan, mavsum davomida ellikdan ortiq gollar kiritib, jamoasiga sovrin olib bera oladigan bo‘lishi kerakligi"ni qayd etdi.

Men ham shu fikrlarga qo‘shilaman. Xususan, avvalgi transfer rekordchilari Maradona, Zidan, Kaka, Ronaldu, Beyl kabi futbolchilar o‘rtasidagi umumiylikni ilg‘ashga harakat qilar ekanmiz, bir jihatni ko‘ramiz - bu futbolchilarning barchasi transfer qilinishdan oldin o‘ynagan klublarida yakka holda uchrashuvlar taqdirini, va hatto turnirlar taqdirini hal qila olishgan. Pogba so‘nggi yillardagi "Yuventus"ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lsa-da, bunday ta’rifni bera olmaymiz. Ha, u eng yaxshi, lekin bir o‘zi jamoani o‘zgartirib yuboradigan darajada emas.

Ikkinchidan, Pol yoshligida "Manchester Yunayted" tarkibiga kira olmay, aynan Italiyada o‘ynab ketdi. Ma’lumki, Italiya A Seriyasi umumiy jihatda saviya va ijrochilar mahorati, o‘yinlar shiddati bo‘yicha Angliyadan sezilarli darajada ortda qoladi. Buni oddiy statistika bilan ham isbotlash mumkin. Shu paytgacha Italiyada o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilar Angliyada ko‘ngildagidek o‘ynab keta olishmagan. Oddiy misol qilib, Kuardadoni ko‘rsatish mumkin. U "Fiorentina" safida liga yulduzlaridan biri edi, "Chelsi"ga kelib o‘zini ko‘rsata olmadi. Italiyaga qaytib borib, "Yuventus" a’zosiga aylangach, yana eski darajasiga chiqdi.

Davomi Qahramon Aslanov blogida.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar