Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Kimda imkoniyat qanday?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 54
Kimda imkoniyat qanday?

Hozirgi kunga kelib Oliy liga o‘yinlari qizg‘in pallaga kirib bo‘ldi. Endi buyog‘iga har bir ochko oltinga tengdir. Keling, endi turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqib, tahlil qilsak.
Chempionlikka asosiy da’vogardan biri "Lokomotiv" bu yil mamlakat chempionligini nishonlashi borgan sari oydinlashmoqda. "Loko" qolgan o‘yinlarda nari borsa 3 ochko yo‘qotishi mumkin, Chempionlik uchun imkoniyati - 65%. "Bunyodkor" jamoasi ham chyompionlikni maqsad qilgandi. Farg‘onadagi mag‘lubiyat va "Ma’shal" bilan uchrashuvdagi durang "Bunyodkor" klubini imkoniyatini keskin pasaytirib yubordi. Ikkinchi davrani boshida jamoa 5 ochkoni yuqotdi. Vaholanki, "qaldirg‘ochlar"ni hali juda ham qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Chempionlik uchun imkoniyati - 35%. Qarshiliklar bu yil ham chyompionlik bahridan mahrum bo‘lishadi, shekilli, "Ajdarlar" hech maqsadlariga erisha olishmayapti, shunga qaramay "Nasaf" bu yil ham medallarsiz qolib ketmaydiganga o‘xshamoqda. Navbatdagi bronzani olishga eng yaxshi imkoniyat "Nasaf" jamoasida - 60%.

Bira yo‘la to‘rtta jamoa 4-o‘rin uchun kurashmoqda: "Metallurg", "Qizilqum", "Buxoro", "Paxtakor". 4-o‘rini olish uchun hozircha eng yaxshi imkoniyat "Qizilqum"da - 35%. So‘ngra "Paxtakor" - 30%. Bu borada "Metallurg"ning imkoniyati 20% bo‘lsa, "Buxoro"niki - 15%. Turnir jadvalining o‘rta qismini - 8-o‘rinni olish uchun "Neftchi" asosiy da’vogar, farg‘onaliklarning imkoniyati - 80%. 9-12 - o‘rinlarni- "Sho‘rtan", "Olmaliq" , "Ma’shal" va "So‘g‘diyona" egalashi ehtimoli yuqori.

Xo‘sh, Oliy ligada qaysi jamoalar jon saqlab qoladi? Eng yaxshi imkoniyat "Navbahor" jamoasida - 35%. Keyingi o‘rinda "Qo‘qon-1912" - 25%. "Andijon" va "Obod" jamoalarida bir xil - 15%.

Bu bir matematik taxmin, xolos. Hammasini vaqt va maydondagi o‘yin ko‘rsatadi. Har bir jamoaga g‘alabali odimlar hamrog‘ bo‘lsin. Futbolni seving va jamoangizni ko‘llab-quvvatlang!

Obid RUSTAMOV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar