Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Sirdaryoda mahalla futbol jamoalari musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
Sirdaryoda mahalla futbol jamoalari musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Gulistonda “Futbolimiz kelajagi” musobaqasining hududiy final bosqichi o‘tkazildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari, xalq ta’limi boshqarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada tuman va shahar bosqichlaridan saralangan 12 mahalla futbol jamoasi g‘oliblik uchun bahslashdi.
Prezidentimiz rahnamoligida mahallalarda zamonaviy sport majmualari barpo etilayotgani yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishda yuksak samaralar bermoqda. “Futbolimiz kelajagi” musobaqasi ham mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
– Har qanday musobaqa yoshlarning sportga qiziqishini yanada kuchaytirish va sportning ommaviyligini oshirishga xizmat qiladi, – deydi Guliston shahridagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini futbol jamoasi murabbiyi Isfandiyor Qurbonov. – Bugungidek musobaqalar orqali ko‘plab iqtidorlar yuzaga chiqadi. Yoshlar bo‘sh vaqtini behuda o‘tkazmay, mashg‘ulotlarga qatnaydi, shug‘ullanadi. Qisqacha aytganda,sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi, har tomonlama barkamol ulg‘ayadi.
Musobaqada 9-10 yoshlilar o‘rtasida Xovos tumanidagi “Istiqlol”, 11-12 yoshlilar o‘rtasida “Bunyodkor”mahalla fuqarolar yig‘inlari futbol jamoalari birinchi o‘rinni egalladi. 13-14 yoshli futbolchilar o‘rtasida g‘oliblik Guliston shahridagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘in jamoasiga nasib etdi.


A.Qayumov, O‘zA Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar