Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

“Bunyodkor”da “Mustaqillik kubogi-2016” turniri o‘tkazilmoqda. VIDEO

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 104
“Bunyodkor”da “Mustaqillik kubogi-2016” turniri o‘tkazilmoqda. VIDEO

"Bunyodkor” futbol klubi tashabbusi bilan 14-19 avgust kunlari mamlakatimiz Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab musobaqa o‘tkazilmoqda.

Turnir 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lib, unda jami 6ta jamoa ishtirok etmoqda. Bular: “Bunyodkor-A” (Toshkent), “Nasaf” (Qarshi), “Mash’al” (Muborak), “Sho‘rtan” (G‘uzor), “Navbahor” (Namangan) va “Bunyodkor-B” (Toshkent). Har bir jamoa bir-birlari bilan davraviy tizimda o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi va yakunda ochkolar hisoblab chiqiladi. Yakunda eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa musobaqa g‘olibi deb e’lon qilinadi. Ochkolar bo‘yicha keyingi ko‘rsatkichlarni qayd etganlar ikkinchi va uchinchi o‘ringa loyiq ko‘riladi.

Uchrashuvlar “Bunyodkor” futbol maktabi maydonlarida ishtirokchi jamoalarga qulaylik yaratish hamda futbolchilar o‘z mahoratlarini to‘liq namoyon etishlari uchun kechki salqinda boshlanmoqda. E’tiborlisi, uchrashuvlar adolatli va yuksak saviyada o‘tishi uchun Respublikamizning malakali hakamlari jalb etilgan.

Hozirgacha qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

1-tur. 14 avgust
“Bunyodkor-A” – “Sho‘rtan” 3:0
“Navbahor” – “Mash’al” 1:4
“Nasaf” – “Bunyodkor-B” 3:1

2-tur. 15 avgust
“Bunyodkor-B” – “Navbahor” 1:1
“Mash’al” – “Sho‘rtan” 4:1
“Nasaf” – “Bunyodkor-A” 0:3

3-tur. 16 avgust
“Sho‘rtan” – “Bunyodkor-B” 1:3
“Bunyodkor-A” – “Mash’al” 0:0
“Navbahor” – “Nasaf” 1:2

17 avgust. DAM OLISh KUNI

4-tur. 18 avgust
16:00. “Mash’al” – “Bunyodkor-B”
17:15. “Nasaf” – “Sho‘rtan”
18:30. “Bunyodkor-A” –“Navbahor”

5-tur. 19 avgust
08:30. “Sho‘rtan” – “Navbahor”
10:00. “Nasaf” – “Mash’al”
11:15. “Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A”
13:00. Musobaqaning tantanali yopilish marosimi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar