Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

“Buxoro” –“Qo‘qon-1912”. PrevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62
“Buxoro” –“Qo‘qon-1912”. PrevShyu

Oliy liga 19-turida “Buxoro” klubi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi. Bu jamoalarning statistik ma’lumotlarini hukmingizga havola etamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu
jamoalar Oliy ligada 21 bora to‘qnash kelishgan. Shulardan 8 tasida vakillarimiz g‘olib bo‘lishgan, 2 ta o‘yin durang natijasi bilan intiho topgan. 11 ta uchrashuvda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 41:30, “Buxoro” foydasiga. O‘zaro o‘inlarda “Buxoro” 35, “Qo‘qon-1912” esa 26 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi ikki uchrashuvda buxoroliklar g‘alaba qozonishgan.

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan bahsda 0:1 hisobi qayd etilgan.

Buxoroda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

19.09. 2016 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 2:0

10.08.2003 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 4:2

04.05.2002 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 2:0

29.03.2000 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 2:0

05.05.1999 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 6:1

Kubokdagi o‘yinlar

Bundan tashqari, bu jamoalar O‘zbekiston kubogi chorak finalida ham ikki bor o‘zaro maydonga tushishdi. Davralar oralig‘ida o‘tkazilgan o‘yinlarning birinchisida1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, javob uchrashuvida buxoroliklar 2:0 hisobida zafar quchishgan.

Qo‘shimcha nomga ega shaharlar

Juma kuni uzoq tarixga ega ikki shaharning jamoalari o‘zaro maydonga tushishadi. Aytishlariga qaraganda, qo‘shimcha nomi bor shaharlar dunyoda juda kam ekan. Aniqrog‘i, Huqandli latif va Buxoroi sharif nomi bilan ataluvchi shaharlarni butun dunyoda tan olishgan.

Yana bir qiziq jihati shundaki, bu ikki jamoa oldin boshqa nomlar bilan faoliyat yuritishgan va ko‘plab yutuqlarga erishgan.

Sobiq futbolchilar

Ayni damda buxoroliklar sharfani himoya qilayotgan bir qator futbolchilar ilgari “Qo‘qon-1912” jamoasi to‘p surishgan yoki Qo‘qon futbol maktabi tarbiyalanuvichisi sanalishadi.

Masalan, Ruslan Meleziddinov Qo‘qon shahrida tug‘ilgan bo‘lib, futboldagi faoliyatini aynan shu erda boshlagan.

Asilbek Omonov esa o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida “Qo‘qon-1912” jamoasida to‘p surgan.

“Qo‘qon-1912” jamoasi safida ham “Buxoro”ning sobiq o‘yinchilari yo‘q emas.

Birinchi davrani buxoroliklar safida o‘tkazgan Shoxrux Xolmatov hozirda “Qo‘qon-1912” jamoasida faoliyat yuritmoqda.

Hakamlar

“Buxoro” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Sherzod Qosimov boshchiligiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Bungacha Sherzod Qosimov 30 may kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvini boshqaragandi.

Oliy liga

19-tur

«Buxoro» (Buxoro) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)

Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: N. Lutfulin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar