Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

“Sevinch” kubok uchun kurashni g‘alaba bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62
“Sevinch” kubok uchun kurashni g‘alaba bilan boshladi

“Sevinch” jamoasi bugun XV O‘zbekiston kubogining dastlabki bosqich uchrashuvida maydonga tushdi. Jamoamiz raqibi O‘zbekiston birinchiligi peshqadami - Termizning “TerDU Surxan” jamoasi bo‘ldi.

Bugungi uchrashuvni oliy liga peshqadami va birinchilik peshqadamlari o‘rtasidagi bahs deya, atash mumkin edi. Chunki, Termizlik futbolchi qizlar mana bir necha yildirki, O‘zbekiston Birinchiligida etakchi jamoalardan bo‘lib kelishmoqda. Ayni paytda ham ular birinchilikning 3-turidan so‘ng turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turishibdi.

Uchrashuv kutilganidek jamoamizning tashabbusi bilan boshlandi. O‘yinchilarimiz uchrashuv boshidanoq maydondagi ustunlikni o‘z qo‘llariga olishdi. Tajriba borasidagi futbolchilarimizning raqiblariga nisbatan ancha kuchliligi hisobda ham aks eta boshladi.

Uchrashuvdagi hisob 6-daqiqasidayoq jamoamiz tomonidan ochildi. Shundan so‘ng futbolchi qizlarimiz ketma-ket raqib darvozasini yana olti marta ishg‘ol qilishdi. Birinchi bo‘lim 7:0 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo‘ldi.

Birinchi bo‘limdagi jamoamiz gollariga Nilufar Qudratova (3), Feruza Turdiboeva (2), Shaxzoda Jamolova (1) va Saida Xandamovalar mualliflik qilishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida murabbiylarimiz zaxiradagi o‘yinchilarimizga ham imkon berishdi. Ularning maydonga tushishi ham albatta o‘yin sur’atini oshirib yubordi. Ikkinchi bo‘lim ham jamoamiz ustunligida davom etdi. Futbolchilarimiz raqib davozasiga yana to‘rtta gol kiritishdi. Gollarga Feruza Turdiboeva (1), Mahliyo Sarikova (2) va ElShvina Ablyakimovalar mualliflik qilishdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida futbolchilarimiz ko‘proq o‘zlarida to‘pni saqlab turishib, o‘yin tizginini boshqarib turishdi.

Shunday qilib, oliy liga va quyi liga peshqadamlari o‘rtasidagi uchrashuv yirik 11:0 hisobida jamoamiz g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu g‘alaba jamoamiz uchun shubhasiz keyingi bosqich taqdirini hal qilib berdi.

XV O‘zbekiston Kubogi, dastlabki bosqich

“Sevinch” (Qarshi) – “TerDU Surxan” (Termiz) 11:0 (7:0). 74 tomoshabin.

17.08.2016. “Geolog” stadioni

Bosh hakam: Jasur Qudratov (Samarqand)

Yordamchi hakamlar: Olimjon Abduxalimov (Navoiy), Marjona Rahmatqulova (Shaxrisabz)

Zaxira hakami: Husnora Jumaeva (Qarshi).

Nazoratchi: Maxmud Sharipov (Buxoro).

Gol: Nilufar Qudratova 6′-1:0, 19′-3:0, 37′-5:0, Feruza Turdiboeva, 12′-2:0, 28′-4:0, 48′-9:0, Shaxzoda Jamolova, 39′-6:0, Saida Xandamova, 40′-7:0, Mahliyo Sarikova, 47′-8:0, 59′-10:0, ElShvina Ablyakimova, 67′-11:0.

“Sevinch”: 1.OlShga Kaxarova (16.Matluba Abdurasulova 27, 12.Laylo Tilavova 52), 18.Shoxida Tojiddinova, 8.Kamola Riskieva, 25.Maftuna Jamolova (27.Shodiya Tosheva 46), 19.Saida Xandamova, 7.Feruza Turdiboeva, 9.Mahliyo Sarikova (s), 20.Zumrat Nazarova ( 17.Tanzilya Zarbieva 46), 55.ElShvina Ablyakimova, 77.Nilufar Qudratova (37.Malika Burxanova 46).

“TerDU Surxan”: 23.Carvinoz Ergasheva, 5.Shaxzoda Xoliqova (3.Kamola Kamolova 29), 6.Madinva Xalilova, 7.Nilufar Murodova, 8.Sayyora Joniboeva, 9.Munira Allayorova, 10.Mohigul Baxtiyorova (s), 11.Dilafro‘z Toshpo‘latova, 13.Munisa Turdiqulova, 14.Dinora Meylieva, 15.Iroda G‘ulomova (4.Anora Abdurahimova 47).

Zaxira: Sarvinos Ergasheva, 22.Sabrina Sobirjonova, 12.Zulfiya Abdieva, 18.Nigora Xursanova, 19.Noza Omonturdieva, 23.Shafoat Mardieva.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar