Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Vali Keldiev: “Namanganlik muxlislarning kuchi bizga dalda berardi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 112
Vali Keldiev: “Namanganlik muxlislarning kuchi bizga dalda berardi”

Avval xabar berganimizdek, Vali Keldiev birinchi liga jamoasi bo‘lgan “Norin”da bosh murabbiy sifatida ish boshladi. Haqqulobodliklar tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rish mumkin. Xo‘sh, tarkibga kimlar qo‘shildi? “Tsementchi”dan darvozabon Eldor Isaboev taklif etilgan. “Mash’al”dan Shoxruh Dostonov bilan Yunus Ochildiev, “Obod”dan himoyachi Javlon Iskandarov va markaziy yarim himoyachi Sanjar To‘raqulov “Norin” bilan shartnoma tuzdi. Shu o‘rinda "Norin" bosh murabbiyining FE nashriga bergan intervShyusini eslashni lozim topdik.
- Futbol o‘ynagan paytlaringizni eslaganda nimalarni ayta olasiz?
- Yaxshi xotiralar qolgan. Nimaga deganda, futbolni maza qilib o‘ynaganman. Mehr bilan to‘p surardim. Kerak bo‘lsa janjallashib ham ketardik. Chunki men mag‘lubiyatni xazm qila olmasdim. Oddiy misol, o‘z jamoamiz bilan ikkiga bo‘linib o‘ynaganimizda ham yutqazishlikka chiday olmasdik.
- Eng yorqin faoliyatingizni qaysi jamoada o‘tkazgansiz?
- Qaerda o‘ynagan bo‘lsam, hammasida. “Paxtakor-79”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Surxon”, “Nasaf”. Umuman aytganda, ajoyib davrlarni o‘tkazganman. Hozir taktik uslublar o‘zgaryapti, lekin o‘yin o‘sha-o‘sha. “Navbahor”da o‘ynaganimda muxlislarning kuchli qo‘llab-quvvatlashi evaziga ketma-ket hujumlar uyushtiraverardik. Aynan ularning daldasi bilan orqaga qayta olmasdik. “Buxoro”da ham chiroyli o‘yinlar ko‘rsatganmiz. “Surxon”da esa mas’uliyat yanada oshgandi. Hamma sizga qarab nimadir kutib tursa, albatta vazifa ham shunga yarasha bo‘lardi. Ertaga Keldiev yaxshi o‘ynay olmadi, degan gap-so‘zlar bo‘lmasligi uchun ham kuchim boricha faol harakat qilib, jamoamga foyda keltirishga harakat qilardim. “Nasaf”da yoshi katta futbolchilar ko‘proq edi va ularning g‘ayrati, ishtiyoqi ko‘p narsani hal qilardi. Bahrom aka Hakimov o‘yinchilarni qanday ruhlantirishni juda yaxshi bilardi.
- O‘ynagan klublaringizdan qaysi biri haligacha sizni eslab qo‘ng‘iroq qilib turishadi?
- Hammasi deyishim mumkin. Namangandan meni eslab turadigan odamlar bor. Buxorodan ham oz bo‘lsa-da qo‘ng‘iroq qilib turadilar. O‘ynagan davrimdan shikoyat qila olmayman. Ayniqsa, mening oddiyligimni ko‘proq eslashadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar