Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Rio-2016. Boks. Fazliddin G‘oibnazarov — yarim finalda!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 390
Rio-2016. Boks. Fazliddin G‘oibnazarov — yarim finalda!

O‘zbekistonlik beshinchi bokschi Rio-de-Janeyro olimpiadasida medalga sazovor bo‘ladigan bo‘ldi.
Vazni 64 kg. bo‘lgan bokschilar musobaqasida ishtirok etayotgan Fazliddin G‘oibnazarov bugun chorak finalda AQShlik Geri Rasselga qarshi jang olib bordi. Bahsning birinchi raundida yurtdoshimiz taktik jihatdan to‘g‘ri harakat qilib, bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi.
Ikkinchi bo‘limda amerikalik sportchi faollikni oshirdi va Fazliddinni ochiq jangga taklif qildi. Hamyurtimiz bundan shoshib qolmadi va o‘z vaqtida kerakli zarbalarni bera oldi. Ikkinchi bo‘lim uchun 2 nafar hakam G‘oibnazarovga ustunlikni taqdim qilgan bo‘lsa, bir nafari Rasselning g‘alabasini e’tirof etdi.
Uchinchi bo‘limda AQShlik bokschi tavakkal qilib oldinga bordi, o‘zbek bokschisiga nisbatan ko‘proq zarbalar berdi. Natijada so‘nggi bo‘limda hakamlarning barchasi o‘z ovozlarini raqibga berishdi. Yakuniy natija — 2:1 (29:28, 29:28, 28:29).

Fazliddin G‘oibnazarov yarim finalda rossiyalik Vitaliy Dunaytsevga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang 18 avgust kuniga belgilangan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar