Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Ruslan Nurudinovning onasi: "O‘g‘limning g‘alabasi butun O‘zbekistonimiz g‘alabasidir"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 118
Ruslan Nurudinovning onasi: "O‘g‘limning g‘alabasi butun O‘zbekistonimiz g‘alabasidir"

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Ruslan Nurudinov vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan og‘ir atletikachilar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldi.
Kuni kecha Hasanboy Do‘stmatovning g‘alabasini keng nishonlagan va hali zafar quvonchi tark etmagan andijonliklar bugun erta tongdan Ruslan tug‘ilib o‘sgan Xonobod shahridagi Istiqlol mahallasiga kela boshladi. “Barakalla!”, “Sen zo‘rlarning zo‘risan, Ruslan!”, degan hayqiriqlar karnay-surnay sadolarini-da bosib ketadi. Hamma hayajonda, tanigan-tanimagan barcha bir-birini “Zafar muborak!”, “Oltin muborak!” deb qutlaydi, bag‘riga bosadi. Chempion tug‘ilib o‘sgan uyni ko‘rish, yaqinlarini tabriklash, ularning quvonchiga, hayajoniga sherik bo‘lish uchun keluvchilarning adog‘i ko‘rinmaydi.
Chempionning xonadoniga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov hamrohligida bir guruh jamoatchilik vakillari kelib, uning oila a’zolarini qutlaganida Ruslanning onasi, Xonobod shahar markaziy poliklinikasi hamshirasi Gulchehra Nurudinova o‘z hayajonini yashira olmadi:
– Farzandi kamolini, baxtu saodatini ko‘rish ona uchun eng ulug‘ baxt. Uning ortidan olqishlar olish, Vatanga xizmati uchun butun eldan rahmatlar eshitishning quvonchini ta’riflab berolmayman. O‘g‘limning g‘alabasidan butun O‘zbekiston xalqi faxrlanayotganini ko‘rib boshim ko‘kka etmoqda, – deydi Gulchehra opa. – O‘g‘lim bolaligida mana, ko‘rasiz aya, men albatta jahon va Olimpiada chempioni bo‘laman, derdi.Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik farzandimning orzu-niyatlari ijobat bo‘lishiga zamin yaratdi. Prezidentimiz, ustozlari va xalqimiz ishonchini oqladi. Eng nufuzli musobaqada g‘olib chiqib, O‘zbekiston shuhrati yanada yuksalishiga hissa qo‘shdi. O‘g‘limning Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasi uni voyaga etkazgan, tarbiyalagan, iste’dodini yuzaga chiqargan mustaqil O‘zbekiston g‘alabasidir.
Mustaqillik tengdoshi bo‘lgan Ruslan o‘quvchilik yillaridayoq shahar, viloyat va mamlakat miqyosidagi ko‘plab musobaqalar g‘olibi bo‘ldi. 8-sinfni bitirgach, ustoz va murabbiylari tavsiyasi bilan Toshkent olimpiya zaxiralari sport kollejining maktab bo‘limiga o‘qishga kirdi. Bu erda u tajribali murabbiylar ko‘magida mahoratini oshirib bordi, mamlakat chempioni bo‘ldi. Kollejdagi tahsildan so‘ng Andijon davlat universitetiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi. Bu yil universitetning magistratura bo‘limini bitirmoqda.
– Shu kecha mahallamizda hech kim uxlamadi, tonggi soat to‘rtdan o‘tgan bo‘lsa-da, hamma televizor qarshisida o‘tirdi, – deydi Xonobod shahridagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hayitxon Egamberdieva. – Tosh ko‘tarish navbati Ruslanga etganda keksalar duo qilib turdi, yoshlar, hatto biz, ayollar ham qo‘limizni tosh ko‘tarishga moslagandek kaftimizni ishqaladik. Ishonmassiz, chempionlik zabt etilganda quvonchdan shunday xayqiriqlar bo‘ldiki, go‘yo biz ko‘tardik shu toshni, biz rekord o‘rnatdik! Uzr, muxbir ukam, bular hali hayajonim bosilmaganidan. Mahallamizda sport bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlar ko‘p. Buning uchun barcha zamonaviy sharoit bor-da! Yoshlarning qay biridan so‘ramang, “Men ham Ruslan akamday sportchi bo‘laman, Vatanim sharafini ulug‘layman. Shunday qilsam, ota-onamga rahmat keltiraman, Prezidentimiz ishonchiga munosib bo‘laman”, deydi qat’iy ishonch bilan. Bu davlatimiz rahbari rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, sportning ommaviyligini oshirish, shu orqali jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasidir.
Ruslan musobaqa oldidan 92 yoshli buvisi Shamsinur momoning duosini olishni kanda qilmaydi. Rio Olimpiadasiga yo‘l olishdan avval ham shunday bo‘ldi.
– Nabiram men dunyodagi eng katta sport musobaqasiga ketyapman, momo, menga duo bering, oq yo‘l tilang. Men albatta g‘olib bo‘laman, sizlarning, Prezidentimizning ishonchini oqlayman dedi, – eslaydi Shamsinur momo. – Nabiram so‘zining ustidan chiqdi. Bularning barchasi yurtimizdagi tinchlik, Yurtboshimiz rahnamoligida yoshlarga yaratib berilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar samarasidir. Ilohim, yurtimiz doimo tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin. Xalqimizning yuzi hamisha yorug‘ bo‘lsin, yoshlarimizning qo‘li baland kelaversin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar