Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Ozarbayjonda nigeriyalik futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida olamdan o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 61
Ozarbayjonda nigeriyalik futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida olamdan o‘tdi

Ozarbayjonning «Zagatala» klubi hujumchisi, nigeriyalik Maykl Umaynika jamoa mashg‘ulotlarida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda APA nashri xabar bermoqda. Klub prezidenti Musa Gurbanov futbolchining vafot etganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 15 avgust kuni ro‘y berdi.

«Maykl o‘tgan mavsumda bizning jamoa safida to‘p surgan. Nima deyishni ham bilmayman. O‘tgan yili u klubning tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tgandi. Jamoaga u bir necha kun avval kelib qo‘shildi a mashg‘ulotlarda jon berdi. Hozir men Bokudaman, ertaga Zagatalaga qaytaman«, – dedi Gurbanov.

Zagatala viloyatining markaziy shifoxonasining ma’lum qilishicha, futbolchi, dastlabki taxminlarga ko‘ra, tromb uzilishi oqibatida halok bo‘lgan. Marhumning jasadi sud tibbiy ekspertizasiga jo‘natildi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Zagatala» klubi Ozarbayjon chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etadi. O‘tgan mavsumda jamoa oltinchi o‘rinni egallagandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar