Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Ertak boshlandi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 120
Xayrulla Hamidov maqolasi: "Ertak boshlandi"

Manchesterlik bolakaylar kitobida “Tohir va Zuhra”ga o‘xshash ertak bo‘lmasa kerak. Bu ikki oshiq qissasi bizga, faqat bizgagina tegishli. Lekin shu kunlardan boshlab angliyalik bolakaylar ushbu ertakning boshqacharoq variantini yashil maydonda ko‘ra boshlashdi. Ha, ikki erkak o‘rtasidagi munosabatni Tohir-Zuhraga mengzamoqchi emasmizu, ba’zi holatlari juda ham mos tushadi. Yaxshi ma’noda, albatta.

“Inter”dagi ajoyib mavsumdan buyon MourinSho va Zlatan bir-biri haqida faqat iliq fikr bildiradi. Murabbiy futbolchilar ichida eng zo‘ri deb shved yulduzini tan oladi, Zlatan esa, u bilan ishlagan jami murabbiy zoti ichida Jozeni tan oladi. Haqiqiy erkak murabbiy deb xotirlaydi.

Ularning yo‘li uzoq vaqt kesishmay keldi. Maur “Real”dagi faoliyati davomida Zlatanni jamoaga taklif qila olmasdi, chunki shvetsiyalik iqtidor madridliklarning asriy dushmani tarkibida o‘ynab ketgandi. Keyin, “Chelsi”dagi faoliyatida ham bu ishga imkoniyat yo‘q edi chamamda. Bu paytda Zlatan Frantsiya chempionatida rekordlar sari yo‘l olgan, o‘sha rekordlarni parchalab tashlamaguniga qadar boshqa joyga o‘ta olmasdi. Xullas, ularning ertagi kutilmaganda - ha, avvalida bunga ko‘pchilik ishonmagandi – Manchester shahrida boshlandi. Ertakmisan ertak...

Zlatan va Maur ertagi bu qadar kuchli boshlanadi, deb hech kim tasavvur qilmagandi. Ikkisining "Manchester Yunayted”dagi ilk o‘yini aynan ikkisining benefisi bilan tugaganiga nima deysiz endi?! Yil davomida shu shaharga kelishi muhokama qilingan ikki metrning bittagina uchrashuvda sovrinli bo‘lishi ham omadning yuqori notasi bo‘lsa kerak? Portugaliyalik mutaxassis o‘yin tugashi bilanoq ikki yil davomida bor-yo‘g‘i bittagina kubokni qo‘lga kiritgan Van Gaal bilan solishtirila boshlandi. Vaholanki, o‘sha Lui Manchesterdagi faoliyatida olib bergan bitta kubogi bo‘lmaganida, Maur va Zlatan mavsumni bu qadar triumf bilan boshlamasdilar ham. Endi bu bilan hech kimning ishi yo‘q, hamma ikki “telba” yulduzni olqishlash bilan ovora...

Aslida, bu erda hech qanday tasodif yo omad yo‘q. Hammasi shunday bo‘lishi kerakdek. “Manchester Yunayted” shunday boshlashi kerak edi aslida. Shunga loyiq bo‘lib ulgurgandi. Nega, deysizmi? Birinchidan, jamoa ichida ro‘y bergan olamshumul voqealar mavsum davomida Evro-2016 o‘tayotgan paytda ham ovoza solishda ushbu turnir bilan raqotbatlashib turdi. MourinShoning “qizil iblislar”ga o‘tishi murabbiylar festivalida yuqori pog‘onadan tushmadi. Shvetsiyaning guruh o‘yinlari tugagach, Zlatan to‘ppa-to‘g‘ri Manchester shahriga uchib kelib, bir lahzaga Evroturnirni ham esdan chiqartirib yuborgani esingizdan bordir?!

Maurning tashrifi bilan klubga bir qator aniq maqsadni ifodalovchi o‘yinchilar taklif etildi. Portugaliyalik mutaxassis yangi mavsumda nimalar qilmoqchi ekaniyu, qanday natijalarni ko‘zlayotgani barchaga ma’lum bo‘ldi. U futbolga hech qanday falsafa suqmayajagini, shonli klubga shonli o‘tmishini qaytarish uchun haqiqiy futbol namoyish etajagini ko‘rsatdi.

Rus sharhlovchilaridan biri: “MourinSho erkatoy, shu bois, unga istalgan o‘yinchisini muhayyo qilib berishadi”, deb yozibdi. To‘g‘ri, u erkatoy bo‘lishi mumkin, biroq cho‘ntagidan ketayotgan har bir tsentni asossiz bermaydigan korchalonlarga gapini uqtira olish ham aslida san’at. Shu san’ati borligi uchun ham Maur ayni paytda erkatoyga aylangan bo‘lsa, bu uning mehnati va shaxsiy yutug‘idir.

Ibrahimovichning g‘alaba to‘pini yo‘llashi ham tasodiflar turkumiga kirmaydi. Butun o‘yin davomida u qadar ko‘zga tashlanmagan yulduz muhim pallada o‘zini ko‘rsatdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Ya’nikim, bu g‘alaba aynan meniki, dedi. Ko‘p bo‘ladi shunaqa voqealar va har doim shvetsiyalik “qariya”ning harakatlari omad otliq sherigiga qo‘shib aytiladi. Lekin tan olish kerakki, hamma bir narsani kutayotgan pallada o‘sha narsaning sodir bo‘lishi bir tomondan yoqimli bo‘lsa, ikkinchi tomondan juda mushkul vazifadir. Zlatan mana shunday bosimni enga oldi va “MYu”ning boshlanajak mavsumiga-da ta’sir qiladigan muhim golni urdi. Agar mavsum ko‘tarinki ruhda o‘tsa va manchesterliklar yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishsa, bu natijaga asosiy turki shu GOLdir, unutmang!

Manchester shahrida bayram boshlandi, xullas. Lekin ertak chiroyliroq va fojialiroq ko‘rinish olishi uchun yana qandaydir qahramon kerak. Ha, “Tohir va Zuhro”da kim bor edi, topdingiz – Qorabotir! Bu vazifani aslida irqiy kelib chiqishi bilan Pogba bajarib berishi ham mumkin ediyu, “Siti” taraflardan joy egallagan Gvardiolaga ko‘proq mos tuyulmoqda. Xullas, qirg‘inbarot jang oldidan televizorimiz oldiga yaxshilab joylashib olaylik. Barcha nigohlarimiz Manchester shahriga qadalgan. Bu ikki tanish inson “el-klasiko” degan so‘zni Ispaniyadan Angliyaga ko‘chirib kelishdi, uzr-a, la-ligachilar...

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar