Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Rio Olimpiadasida germaniyalik murabbiy vafot etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 33
Rio Olimpiadasida germaniyalik murabbiy vafot etdi

Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiadada ishtirok etayotgan Germaniyaning slalom eshkak eshish bo‘yicha jamoaning murabbiyi Shtefan Xentse shifoxonada jon berdi. U bu erga avtohalokatdan so‘ng etkazilgan edi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi, deya RIA Novosti yozmoqda.
“Biz chuqur g‘amga botdik. Oxirating obod bo‘lsin, Shtefan, sen bizning qalbimizda mangu qolasan”, deyiladi ijtimoiy tarmoqda.
Rio Olimpiadasida germaniyalik murabbiy vafot etdi

“Time” nashrining xabar berishicha, kecha, 15 avgust kuni 35 yoshli germaniyalik murabbiy o‘tirgan taksi bilan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, natijada Xentse boshidan og‘ir jarohat oldi. U darhol shifoxonaga etkazilgan, ammo oradan biroz vaqt o‘tib hayotdan ko‘z yumdi.
“Xalqaro olimpiya qo‘mitasi haqiqiy olimpiadachini yo‘qotganidan ko‘z yosh to‘kmoqda. Shtefan Xentsening oilasi, do‘stlari va butun Germaniya terma jamoasiga hamdardlik bildiramiz”, deydi XOQ prezidenti Tomas Bax.
Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniya terma jamoasi Olimpiada shaharchasida marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tadi. Riodagi barcha sport inshootlarida Germaniya bayroqlari tushirib qo‘yiladi.
Shtefan Xentse 2004 yilgi Afina Olimpiadasida slalom eshkak eshish musobaqalarida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi. Ruslan Sulaymonov Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar