Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Ruslan Nurudinov: - “Bu O‘zbekistonning g‘alabasidir”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111
Ruslan Nurudinov: - “Bu O‘zbekistonning g‘alabasidir”

Olimpiada o‘yinlarining biror-bir sport musobaqasiga tashrif buyurgan muhlislarni bir ovozdan O‘zbekiston o‘g‘lonini olqishlab turgannini hech ko‘rganmisiz. Bugun biz buning shohidi bo‘ldik.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarida hamyurtimiz Ruslan Nurudinov qo‘lga kiritgan olamshumul g‘alabasi bilan nafaqat yurtdoshlarimizning, balki sport inshoatiga tashrif buyurgan turli millat vakillarining ham yoqimtoyiga aylandi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Ayniqsa, polvonimiz siltab ko‘tarish mashqida 237 kg. toshni ko‘tarib, Olimpiada o‘yinlarining oltin medali bilan birga Olimpiya o‘yinlarining rekordini ham yangilaganda zal larzaga keldi. Barcha-barcha Ruslanni tarixiy g‘alaba bilan olqishlay boshlashdi.
Ha, mardonavor sportchilarimizning birin-ketin sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotganliklari qolgan yurtdoshlarimizda ham g‘alabaga bo‘lgan intilish hissini, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada yuksaltirmoqda. Bugun mamlakatimiz vakillarining qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlariga ko‘pchilik xavas qilayotgani ham bor gap.
E’tibor bering, qatorasiga ikkinchi kundirki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayrog‘i sarbaland ko‘tarilmoqda. 14 avgust kuni bokschimiz Hasanboy Do‘smatov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, bugun Ruslan Nurudinovning g‘alabasi sharafiga muzaffar bayrog‘imiz sarbaland ko‘tarildi. Bunaqasi O‘zbekiston sporti tarixida birinchi marotaba kuzatilmoqda. Mana shunday damlarda ozod va obod yurt qadrini, mustaqillik ne’mati nechog‘lik totli ekanligini dilimizning tub-tubidan his qilamiz. Qalblarimiz faxr va iftixor hislariga limmo-lim bo‘ladi.
“Juda hayajondaman. Qalbimda kechayotgan his tuyg‘ularni ikki og‘iz so‘z bilan ta’riflab berolmayman. Bu barcha yurtdoshlarimiz g‘alabasidir. Fursatdan foydalanib Davlatimiz va xukumatimiz rahbariyatiga, meni bugun bevosita va bilvosita qo‘llab-quvvatlagan barcha-barchaga samimiy minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman”, deydi Ruslan Nurudinov.
“Bugun Ruslan Nurudinov qayd etgan natijani haqiqiy mo‘jizaga qiyoslash mumkin, - deydi Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Tomash Ayan. Bu o‘z navbatida O‘zbekistonda sport qay darajada taraqqiy etib borayotganligining yorqin isbotidir. Ochig‘i, Rio o‘yinlarida yurtdoshlaringiz tomonidan qayd etilayotgan natijalar har qancha taxsinga sazovor. Olimpiada o‘yinlarida bunday natijalarga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Men O‘zbekistonda bir necha marotaba bo‘lganman va yurtingizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lida bevosita Davlatingiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga qoyil qolish kerak. Buning samarasi bugun Olimpiya o‘yinlarida ham yaqqol qo‘zga tashlanmoqda. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, Olimpiada o‘yinlarining navbatdagi kunlarida ham O‘zbekiston sportchilari nimalarga qodirliklarini bir necha bor isbotlaydilar va Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilaringiz safi yanada kengayadi”.
Shu o‘rinda e’tiboringizni yana bir jihatga qaratsak. Mamlakatimiz sportchilari “Rio-2016” o‘yinlariga qadar mustaqil jamoa sifatida besh bor yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishgan va faqatgina 2004 yili Gretsiya poytaxti Afina shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga sazovor bo‘lganlar. Ayni paytga kelib sportning qator turlarida sportchilarimiz hal qiluvchi final bahslariga etib kelishgan va umid qilamizki mazkur Olimpiya o‘yinlarida Davlatimiz bayrog‘i yana bir necha bora sarbaland ko‘tariladi. Bu yo‘lda sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
15 avgust kungi musobaqalar yakunlariga ko‘ra delegatsiyamiz a’zolari 2 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 206 davlat orasida 27-o‘rinda borishyapti.
Shavkat Jalilov Anvar IlShyasov Rio-de-Janeyro shahridan tayyorlandi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar