Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

“Nasaf” – “Paxtakor”. PrevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 67
“Nasaf” – “Paxtakor”. PrevShyu

Joriy mavsum ikkinchi davrasini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan “Nasaf” jamoamiz navbatdagi 19-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 19 avgust juma kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shu paytgacha ular 39 marta o‘zaro kuch sinashganlar. Shulardan 22tasida “sherlar” g‘olib bo‘lishgan, 10ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan. Qolgan 7 uchrashuvda “ajdarlar” g‘alaba nashidasini surishgan. To‘plar nisbati esa 56-29ni tashkil qilmoqda.

Jamoalar o‘zaro uchrashuvlarda bir xil, ya’ni 4:0 - yirik hisobdagi g‘alabalarini nishonlashgan. Birinchi davradagi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur jamoalar 1:1 durang o‘ynashgan.

Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlar

Ushbu jamoalar Qarshida 19 marta tuqnash kelishgan. Shularning 6tasida “Nasaf” jamoasi g‘alaba qozongan, “Paxtakor” ham 6 marta g‘alabaga erishgan, qolgan 7 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

Ikkinchi davraning o‘tgan 3ta turida “Nasaf” jamoasi g‘alabasini nishonladi. “Paxtakor” esa 1ta mag‘lubiyat va ikkita durang natijani qayd etgan. 18-turdan keyin jamoamiz 37 ochko bilan turnir jadvalini 3-pog‘onasida bormoqda, “Paxtakor” jamoasi esa 29 ochko bilan 7-o‘rinni band etib turibdi.

“Paxtakor” tarkibidagi yo‘qotish

“Paxtakor” jamoasi Qarshiga bitta yo‘qotish bilan tashrif buyuradi, jamoaning himoyachisi – Davron Hoshimov o‘tgan turda qizil kartochka olgan va u jamoamiz bilan bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur. “Nasaf”da esa bunday yo‘qotish yo‘q.

Bo‘lajak uchrashuv va hakamlar

O‘zPFL 19-tur. 19.08.2016.

“Nasaf” (Qarshi) - “Paxtakor” (Toshkent)

“Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Yordamchi hakamlar: Andrey Snetkov (Tokent vil.), Vladlen Lushin (Guliston)

Zaxira hakami: Axrol Risqullaev (Toshkent)

Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: R. M. Chernikov.

Uchrashuv bosh hakami Zokir Qodirov bu yilgi chempionatda jamoamiz ishtirokidagi uchinchi o‘yinni boshqaradi.

Muxlislar haqida

“Nasaf” jamoamiz ikkinchi davraning o‘tgan uch uchrashuvida ham g‘alaba qozondi. Jamoamizning qo‘lga kiritgan g‘alabalarida muxlislarning ham hissalari juda katta. Shunisi diqqatga sazovorki, klubimiz muxlislari jamoamizning barcha uchrashuvlarida faol qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Umid qilamizki, bu safar ham shunday bo‘ladi. Zero, “Nasaf” o‘z muxlislari uchun o‘ynaydi!

Shunday ekan, barcha jamoamiz muxlislarini har qachongidan faol bo‘lishlarini va “Markaziy” stadionimizga tashrif buyurib, chiroyli ishqibozlik qilishlariga taklif etib qolamiz.

Keling, hammalaringiz nomingizdan ushbu qiziqarli o‘tishi kutilayotgan uchrashuvda “Nasaf” jamoamiz futbolchilariga omadlar tilab qolamiz!

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar