Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Konte boshchiligidagi «Chelsi» Angliya chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
Konte boshchiligidagi «Chelsi» Angliya chempionatini g‘alaba bilan boshladi

Angliya premSher-ligasining 1-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Chelsi» va «Vest Xem» klublari kuch sinashdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yin mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda «Chelsi» tashabbusga ega bo‘lsa-da, raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi.
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida mehmonlar himoyachisi Aspiliketaga nisbatan jarima maydoni ichida qo‘pollik qildi. Natijada bosh hakam penalShti belgiladi. Eden Azar uni aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng «Vest Xem» jonlanib qoldi va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni sodir eta boshladi. 77-daqiqada hisob tenglashdi. Burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni «Chelsi» himoyachilari qaytara olishmadi, uni egallab olgan Kollinz jarima maydoni ichidan darvozaga aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

O‘yin durang natija bilan tugash arafasida turganda, «Chelsi» g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Diego Kosta chamasi 25 metr masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llab, darvozaning uzoq, pastki burchagiga to‘pni kiritib yubordi.

Angliya chempionati. 1-tur.
15 avgust. London. «Stemford Brij»

«Chelsi» – «Vest Xem» 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: Azar (47 pen), Diego Kosta (89) – Kollinz (77)

Chelsi – Kurtua, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Kante, Matich, Oskar (Batshuayi, 85), Villian (Pedro, 80), Azar (Mozes, 85), Diego Kosta.
Vest Xem – Adrian, Kollinz, Rid, Masuaku, Kuyate, Antonio (Bayrem, 52), Nobl, Nordtveyt (Payet, 67), Ayyu (Tere, 35), Valensiya, Kerroll.
Ogohlantirishlar: Kante (3), Diego Kosta (19), Kollinz (21), Antonio (46), Aspilikueta (75), Pedro (90).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar