Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Og‘ir atletika. Ruslan Nuriddinovning dastlabki buyurtmalari — eng og‘iri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 92
Og‘ir atletika. Ruslan Nuriddinovning dastlabki buyurtmalari — eng og‘iri

Toshkent vaqti bilan soat 03:00da 105 kg. gacha bo‘lgan vaznda og‘ir atletika musobaqasi boshlanadi. "A" guruhida 9 nafar sportchi medallar uchun kurashni boshlashadi.
Ushbu bahsda o‘zbekistonlik ikki sportchi — Ivan Efremov va Ruslan Nuriddinov ishtirok etishadi.
Atletlar bergan dastlabki buyurtmalarga ahamiyat qaratadigan bo‘lsak, har ikkala yo‘nalishda eng og‘ir buyurtmani hamyurtimiz Ruslan Nuriddinov berganiga guvoh bo‘lamiz. U o‘z ishtirokini dast ko‘tarishda 190 kg., siltab ko‘tarishda esa 225 kg. og‘irlikdagi shtangani ko‘tarishga qaror qilgan. Albatta, bu musobaqaning borishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ivan Efremov esa dast ko‘tarishning ilk urinishi uchun 185 kg, siltab ko‘tarishda 210 kg. og‘irlikka buyurtma bergan.

Atletlar har bir yo‘nalishda 3 martadan urinishni amalga oshirishadi. Dast va siltab ko‘tarish yo‘nalishlaridagi natijalar umumlashtirilib, g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ladi.
Sportchilar ko‘targan og‘irlik teng bo‘lib qolganida shaxsiy vazn borasida engilroq bo‘lgan atletga ustunlik taqdim etiladi.

Sportchi — dast ko‘tarishdagi buyurtmasi — siltab ko‘tarishdagi buyurtmasi

Arturs Plesnieks (Latviya, 103,99 kg) — 173 kg. — 215 kg.
Arkadiush MixalShskiy (PolShsha, 104,77) — 175 — 220
Bartlomey Bonk (PolShsha, 104,07) — 180 — 215
Muhammadrizo Baroriy (Eron, 104.65) — 180 — 220
Ivan Efremov (O‘zbekiston, 104,90) — 185 — 210
Simon Martirosyan (Armaniston, 104, 63) — 185 — 220
Yang Chje (Xitoy, 104,59) — 185 — 220
Aleksandr Zaychikov (Qozog‘iston, 104,51) — 185 — 223
Ruslan Nuriddinov (O‘zbekiston, 104,96) — 190 — 220 kg.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar