Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Olimpiada sovrindori Tasmuradovning ota-onasi farzandining kamolidan baxtiyor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 263
Olimpiada sovrindori Tasmuradovning ota-onasi farzandining kamolidan baxtiyor

Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyro shahrida boshlangan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston sport delegatsiyasi safida farzandi Elmurod Tasmurodovni ko‘rgan Zulfiqor aka Tillaev televizor qarshisida o‘tira olmadi. Hayajondan turib ketdi.
– Ilohim, kuraging erga tegmasin! Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tar. O‘zbekiston yoshlarining kuchini, qudratini namoyish qil.
Elmurod Tasmurodov mustaqillik tengdoshi – 1991 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Polvonlik ota-bobolaridan meros.
Bolalik yillaridagi og‘ir sharoit va etishmovchilik sabab bokschi bo‘lish orzusi ushalmay qolgan Zulfiqor aka keyinchalik bor umidini o‘g‘lidan kutdi. Elmurodni besh yoshidayoq avvaliga biroz chiniqsin, keyin boksga beraman, degan maqsadda kurash to‘garagiga olib bordi. Dastlab maktabda, so‘ngra tuman miqyosida muvaffaqiyat qozona boshlagan Elmurod keyinchalik mamlakat va xalqaro musobaqalarda ham katta natijalarga erishdi. 2008 yili o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasida qit’a va jahon chempionatlarida bronza medalni qo‘lga kiritdi...
Shundan keyin otasi ham bokschi qilish orzusidan kechdi, o‘g‘il yunon-rum kurashida qoldi.
Bugun Elmurod sport olamining eng nufuzli musobaqasi – yozgi Olimpiya o‘yinlarining yunon-rum kurashi bo‘yicha 59 kilogramm vazn toifasida bronza medali sohibi!
– Elmurodbek tengqurlariga har jihatdan o‘rnak, – deydi “Yangiovul” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Mustafo Musoqulov. – Mahallamizda unga havas qilib sport bilan astoydil shug‘ullanayotgan yoshlar safi tobora kengaymoqda. Mahalla raisi sifatida buning naqadar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini juda yaxshi bilaman. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlardan ko‘zlangan olijanob maqsad ham shu-da.
– O‘g‘limning har bir chiqishini butun qishloq bizning uyga yig‘ilib kuzatdik, – deydi Elmurodning onasi Zamira opa. – Hovlimizga odam sig‘may qoldi. Elmurodjonimning har bir muvaffaqiyatidan keyin yig‘ilganlar otasini, meni alqashganida terimga sig‘mayman deng, ko‘zlarimdan duv-duv yosh oqadi. Mustaqillik yoshlarimizga iste’dod va salohiyatini keng namoyon etish, biz, ota-onalarga dilbandlarimiz yutug‘idan baxtiyor yurish baxtini berdi. Mustaqilligimiz tengdoshi bo‘lgan o‘g‘limning yutuqlari davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasidir.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar