Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

«Dinamo» Fijduvondan g‘alaba bilan qaytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78
«Dinamo» Fijduvondan g‘alaba bilan qaytdi

Birinchi Liga 20-turi doirasida G‘ijduvonda mahalliy jamoa mehmoni bo‘lgan «Dinamo» jamoasi safardan g‘alaba bilan qaytdi.

O‘tgan turda Buxoro viloyatining «Nurafshon» jamoasini mag‘lub etgan vakillarimiz bu safar «G‘ijduvon»ga imkoniyat qoldirishmadi.

Avvalgi o‘yindagidek uchrashuvni ikki hujumchi bilan boshlagan samarqandliklar aynan hujum chizig‘i vakillarining gollari evaziga dastlabki taymdayoq o‘yin taqdirini hal etib qo‘yishdi. Dastlab 15-daqiqada Viktor Klishin hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning 25 va 42-daqiqalarida yosh hujumchi Amirjon Safarov «dubl»ga erishib, «Dinamo»ning tanaffusga 0:3 hisobdagi g‘alaba bilan chiqib ketishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘lim oldidan natija yirik ko‘rinishda bo‘lsada, mezbon futbolchilar tanaffusdan so‘ng katta ishtiyoq bilan maydonga tushishdi va peshqadam jamoaga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Natijada xorazmlik futbolchi Ilyos Xayrov 65-daqiqada hisobni qisqartirishga erishgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas bosh hakam «Dinamo» darvozasi tomon penalShti belgiladi. Jasur Otajonov esa 11 metrlik nuqtada adashmadi, 2:3.

Ikki goldan keyin mezbonlar muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ostida hujumkorlikni oshirgan bo‘lishsada, tajriba bobida ustun bo‘lgan «Dinamo» jamoasi yakunda g‘alabani boy bermadi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan tezkor yarimhimoyachi Doston Ibragimovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun o‘yinning 88-daqiqasida belgilangan penalShtini tajribali yarimhimoyachi Alisher Xoliqov golga aylantirib, Samarqanddan G‘ijduvonga etib kelgan «Dinamo»ning ashaddiy muxlislarini ortga xursand qaytishlarini ta’minladi, 2:4.

Ushbu g‘alabadan keyin «Dinamo» turnir jadvalidagi o‘rnini mustahkamlab peshqadamlikni davom ettirmoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinni 20 avgust, shanba kuni Samarqandda «Lokomotiv-BFK»ga qarshi o‘tkazadi.

Birinchi Liga. 20-tur. 15 avgust (dushanba)

«G‘IJDUVON» - «DINAMO» - 2:4 (0:3)

Gollar: Ilyos Xayrov 65, Jasur Otajonov penalShtidan 66 – Viktor Klishin 15, Amirjon Safarov 25, 42, Alisher Xoliqov penalShtidan 88.

«Dinamo»: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov, Ubaydullo Nabiev, Mirkomil Lokaev, Firdavs Abdusalimov, Aleksey Nikolaev, Iskandar Xolmirzaev (Komil Sharofutdinov, 61), Saidjamol Davlatjonov (Hakimxon A’lamxonov, 88), Jonibek Ko‘chimov (Doston Ibragimov, 46), Amirjon Safarov (Asomiddin Mamatov, 52), Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 46).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar