Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Angliyada sobiq futbolchi politsiya tomonidan o‘ldirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
Angliyada sobiq futbolchi politsiya tomonidan o‘ldirildi

Angliyaning Telford shahrida istiqomat qiluvchi 48 yoshli sobiq futbolchi Dalian Atkinson unga nisbatan politsiya elektrashok qurilmasi –Tazer”ni ishlatgach, halok bo‘ldi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar berdi.
Uning ko‘chada o‘zini g‘alati tutishidan xavotirga tushgan odamlar poliitsiyani chaqirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Dalian “Aston Villa” futbol klubida 1991-1995 yillarda o‘ynagan. U faoliyatining so‘nggi yillarida Koreyaning “Chonbuk Xyonde Motors” jamosida to‘p surgan.
Buyuk Britaniyaning huquq-tartibot organlariga nisbatan shikoyatni taftish qilish bo‘yicha Mustaqil komissiyasi bo‘lgan voqea yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.
Buyuk Britaniyada bunga o‘xshash holatlar oldin ham yuz bergan. 2013 yilda Plimut shahrida yashovchi 23 yoshli Endryu Pimlott unga qarshi “Tazer” ishlatilgach vafot etgan. Ruhiy jihatdan yomon ahvolda bo‘lgan erkak o‘z ustidan benzin quyib, o‘zini yoqmoqchi bo‘lganda, fojiani oldini olish maqsadida politsiya unga qarshi “Tazer”dan o‘t ochgan. Oqibatda olov kelib chiqib, Pimlott tananing kuyishi natijasida vafot etgan.
2013 yilda Manchester shahrida istiqomat qiluvchi Jorjan Bigli ham elektroshok tufayli vafot etgan edi.
Buyuk Britaniya politsiyachilari o‘zlari bilan o‘qotar qurol olib yurishmaydi. Bunday qurollarda faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus guruhlari foydalanish huquqiga ega. Mamlakatda 2015 yilda politsiya tomonidan 10 329 marta “Tazer”dan foydalanilgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar