Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Kris Koulmen: O‘zbekiston terma jamoasi bilan Rossiyada ko‘rishishga umid qilaman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 79
Kris Koulmen: O‘zbekiston terma jamoasi bilan Rossiyada ko‘rishishga umid qilaman

Hamyurtimiz Firdavs Hamidulloh Evro-2016 musobaqasi paytida UelShs terma jamoasining bosh murabbiyi Kris Koulman bilan suhbatlashib oldi.

UelShs terma jamoasi Evro-2016ni tark etadigan kuni jamoa bosh murabbiyi Koulmen Dinar shaxridagi kafeda tushlik qilayotgani eshitdim va o‘sha kafega bordim. Qo‘riqchilar yo‘q (birinchi marta). Murabbiylar shtabi, vrachlar bir stoldan joy olgan. Koulmen biroz nariroqda, kofe ichib, xayol surib o‘tirgan ekan. Oldiga borib “Men O‘zbekistondanman. Mumkin bo‘lsa, siz bilan “Chempion plyus” gazetasi uchun suhbat qilmoqchiman” degandim “Okey, o‘tiring kofe ichasizmi” deb taklif qildi.

― Biroz tushkun ko‘rinasiz.

― To‘g‘risini aytsam, jamoam finalga chiqishiga ishongan edim. Ammo Portugaliya bizdan kuchlilik qildi. Niyatimiz amalga oshmay qoldi.

― Kayfiyatingiz ko‘taring siz va jamoangiz tarix yaratdi, millat qahramonlariga aylandingiz.

― To‘g‘ri, bundan juda xursandman. Lekin erishilgan natijalardan qanoat qilish mening tabiatimga xos odat emas. G‘alabalarga chanqoqman, buni jamoamga singdirishga harakat qilib keldim.

― Balkim jamoangiz muvofaqiyati siri mana shundadir?

― Jamoam tinimsiz mehnat qildi va oxiri mehnat samarasini berdi. Biroq finalga chiqishimiz kerak edi. Chunki bu uddalab bo‘lmaydigan vazifa emasdi aslida.

― Juda ko‘pchillikka murabbiy qanaqa bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydingiz. Murabbiyga aylanishingizda qaysi ustozlaringizni hissasi bor?

― Maykl Smit , Bobbi Gould , Jon Toshak kabi insonlar termada ishlashganida ko‘p narsani o‘rganman, ulardan minnatdorman

― Futbolchi sifatida UelShs terma jamoasidagi siz uchun eng esda qolgan o‘yin qaysi bo‘lgan?

― Menimcha, faoliyatimdagi oxirgi o‘yinda nemislarga qarshi o‘ynaganimiz. O‘shanda g‘alaba qozongandik. Bu kunni sira unutolmayman, kechagiday esimda.

― Ko‘ngilsiz voqeadan so‘ng, futbolchilik faoliyatini tugatishga majbur bo‘lgan Kris Koulmen futbolda yo‘q bo‘lib qolmadi...

― Ha, shifoxonadan chiqqanimdan so‘ng majburiy ravishda faoliyatimni tugatdim. So‘ng “Fulhem” rahbariyati murabbiylar shtabidan ish taklif qildi. Yana hayotim mazmuni bo‘lgan futbolga qaytishga muvaffaq bo‘ldim.

― ...Keyin bosh murabbiy ketdi va vaqtinchalik murabbiy etib tayinlanib, iloji bo‘lmagan ishni uddalagan holda “Fulhem”ni elita olib qoldingiz.

― Aslida bu ishni futbolchilar uddalashdi. Ancha yildan beri jamoada edim, “Fulhem”ni obro‘si, tarixi uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik va yakunda bu o‘z natijasini berdi.

― Kelasi yil rasmiy bosh murabbiy kursisini egallagan holda “Fulhem”ning o‘z tarixida eng yaxshi natijaga erishishiga sabab bo‘ldingiz.

― Biz bir oiladek edik. To‘g‘risi, o‘sha jamoamni hozirgi jamoamga bilan o‘xshataman. Ajoyib muhit hukmron edi. Agarda Beylga o‘xshagan super o‘yinchimiz bo‘lganida, evrokuboklarga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarni egallashimiz mumkin edi.

― Balki hozirgi “Fulhem”ga siz kerakdirsiz. Jamoa ikki yildan beri elitaga qayta olmayapti.

― Jamoani bu holatiga ichim achiydi, u erda 10 yilim o‘tgan. Ayni paytda 2018 yilgacha hechqaysi jamoaga yordam bera olmayman.

― Siz Giggz bilan birga o‘ynagansiz. Rayanning o‘yinini juda yaxshi bilasiz. O‘z navbatida bugungi kun jahon yulduzi Beylni shug‘ullantiryapsiz. Aytingchi, sizningcha qaysi o‘yinchi kuchliroq?

― Giggz darajadasidagi o‘yinchi naqat UelShs yoki Britaniya, balki jahon futbolida kam topiladi. U yutgan sovrinlarni butun boshli tarixga ega jamoalar jamoalar yuta olmagan. Rayan afsona va juda ajoyib o‘yinchi edi. Beyl esa hali yosh, unda Giggzga etib olish imkoniyati bor. Garetning faoliyati haqida tugal fikr bildirishga hali erta. (Egnimdagi “Real” futbolkasiga qarab) Jamoa tanlashni bilar ekansiz.

― To‘g‘risi, men “MYu”ning muxlisiman. Bu futbolkani esa Garet sababli kiyib keldim.

― Ha, Garetning muxlislari tobora ko‘paymoqda. “Real” ishqibozlaridan tashqari ham Garetning muxlislari juda ko‘p.

― Bitta iltimosim bor, Garetni “MYu”ga o‘tishiga ko‘ndirib bering. Jamoaga aynan Garetga o‘xshagan etakchi etishmayapti.

― Bu ish qo‘limdan kelmaydi. Uning uchun “Real” ideal jamoa. Beyl Madridni tark etadi deb o‘ylamayman. Men o‘zim ham uning o‘rnida bo‘lsam Ispaniyadan ketmasdim.

― Men O‘zbekistonlikman, bizning davlatimiz Markaziy Osiyodan joylashgan.

― To‘liq ma’lumot berishingiz shart emas, tarixiy shaharlari bor davlat deb eshitganman. Avval Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lganligini bilaman. Bir o‘yinchingiz bo‘lardi Kievda, “Fulhem”da ishlagan paytim eshitgandim...

― ...Maksim Shatskix.

― Ha, ismi aniq esimda yo‘q edi.

― O‘zbekiston mana 20 yildan beri astoydil jahon chempionatiga chiqishga harakat qiladi. Biroq har doim nimadir xalaqit beradi. O‘zbek futbol mutaxassislariga qanaqa maslahatlar bera olasiz?

― Birinchi navbatda ahil jamoa yaratib olish, jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yish kerak. Maqsad yo‘lidan mehnat qilishdan qochmaslik zarur. Bir kunmas bir kun maqsadingizga erishasiz.

― Maroqli suhbat uchun rahmat. Endi Rossiyada bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqishni va unda Evropa chempionatidagi tarixni qaytarishingizni tilayman.

― Sizga ham rahmat. O‘zbekiston terma jamoasi bilan Rossiyada ko‘rishishga umid qilaman.

Firdavs HAMIDULLOH suhbatlashdi (Frantsiya, Dinar)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar